SALJUQIYLAR DAVLATININGSHAKLLANISH JARAYONI(1038–1157)

Authors

  • Pirnazar Rajapov Doctoral student, IRCICA Department of the International Islamic Academy of Uzbekistan. 11, A.Kadiri str. 100011, Tashkent

DOI:

https://doi.org/10.47980/MOTURIDIY/2023-1/16

Keywords:

O‘g‘uz yabg‘u davlati, saljuqiylar, o‘g‘uzlar, turkmanlar, Qiniq, Shohmalik, Nasr Eloqxon

Abstract

Mazkur maqolada ko‘chmanchi o‘g‘uz qabilalarining saljuqiylar urug‘i atrofida birlashishi va Buyuk Saljuqiylar davlati (1038–1057) ning yuzaga kelish jarayoni yoritib berilgan. Saljuqiylarning O‘g‘uz yabg‘u davlati (766–1055) dan ajralib chiqib, Sirdaryo quyi oqimlariga o‘rnashishi hamda somoniylar (865–999), qoraxoniylar (840–1212) va g‘aznaviylar (977–1186) bilan qo‘shnichilik munosabatlari va ziddiyatlari ham maqoladan o‘rin olgan. 
Dastlab saljuqiylar g‘animat evaziga somoniy Muntasirning qoraxoniy Nasr Eloqxonga qarshi kurashida yordam berishgan. Lekin Nasr Eloqxonning qasos olishidan xavfsirab, u bilan ittifoq tuzishgan. Keyinchalik qoraxoniylardan ajralib chiqqan Buxoro hokimi Ali Teginning g‘aznaviylar va qoraxoniylarga qarshi yurishlarida ishtirok etishgan. Ya’ni ko‘chmanchi o‘g‘uzlarning maqsadi faqat o‘lja bo‘lgan. Mahmud G‘aznaviy (997–1030) hiyla yo‘li bilan Arslon yabg‘u (vaf.1032) ni tutqunlikka mahkum qilgach, saljuqiylar orasida birlik yo‘qolgan va Arslon yabg‘u idorasidagi o‘g‘uzlar Movarounnahr, Xorazm, Xuroson, Iroq, Dehiston hududlariga tarqalib ketgan. Xususan, saljuqiylar Janddan dastlab Buxoro, so‘ngra Xorazmga ko‘chishga majbur bo‘lishgan. Jand hokimi Shohmalik (vaf. 1042) Xorazmda saljuqiylarni qatliom qilgach, ularning aksar qismi qirilib ketgan. Maqolada o‘g‘uzlarning tarqoqlik davrida boshdan kechirgan hodisalari hamda zavolga yuz tutgan O‘g‘uz yabg‘u davlatidan Xuroson hududlariga ko‘chib kelgan o‘g‘uzlarning saljuqiylar atrofida qayta birlashishi jarayonlari ham ochib berilgan. G‘aznaviylar bilan kelishmovchilik chiqqach, o‘g‘uzlarning Xuroson va Iroq hududlaridagi talonchilik harakatlari va uning sabablari sharhlab o‘tilgan. Shuningdek, maqolada Saljuq (taxminan 900–1007) ning nevaralari Muhammad To‘g‘rul (1040–1062) va Dovud Choribey (989–1060) larning Dandanakon jangida g‘aznaviylar sultonining ulkan qo‘shinini mag‘lub etib, Saljuqiylar davlatining yuzaga kelishiga zamin hozirlaganiga ham alohida to‘xtalib o‘tilgan.

References

Bayhaqiy. (1945). Tarixi Bayhaqiy (تاریخ بیهقی). Tehron: G‘ani Fayoz.

Abul Farac. (1945). Abul Farac tarihi. Çev. Ömer Riza Doğrul. 1.cilt. Ankara: Türk tarih kurumu basımevi.

Sümer F. (1935). Oğuzlar. Ankara: Ankara üniversitesi Dil ve tarih-coğrafya fakültesi yayınları.

Gardiziy. (1937). Zaynul-axbor (زین الأخبار). Tehron: Ittihodiya.

Qazviniy H. (1960). Tarixi guzida (تاريخ گزيده). Tehron: A.Navoiy.

Ibn Asir. (1987). Al-Komil fit-tarix (الكاميل في التاريخ). J. 8. Bayrut: Dar al-Kutub al-ilmiyah.

Kafesoğlu İ. (1958). Selçuk’un oğulları ve torunları // Türkiyat Mecmuası 13.

Kafesoğlu İ. (1953). Doğu Anadolu’ya ilk Selçuklu akını ve tarihi ehemmiyeti // Fuad Köprülü Armağanı.

Juzjoniy. (1963). Tabaqoti nosiriy (طبقات ناصری). J. 1. Kobul: Afg‘oniston tarix jamiyati.

Qoshg‘ariy M. (1960). Devonu lug‘otut Turk. J. 1. Toshkent: O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi nashriyoti.

Köymen M. (1957). Büyük Selçuklu imparatorluğunun kuruluşu I // Dil ve Tarih Coğrafya Fakültesi Dergisi15 (1–3).

Köymen M. (1957). Büyük Selçuklu imparatorluğunun kuruluşu II // Dil ve Tarih Coğrafya Fakültesi Dergisi 15 (4).

M. Köymen. (1958). Büyük Selçuklu imparatorluğunun kuruluşu III // Dil ve Tarih Coğrafya Fakültesi Dergisi 16 (3–4).

Pritsak O. (1977). Kara-Hanlılar // İslam Ansiklopedisi. 6.cilt. İstanbul: Milli Eğitim Basımevi.

Claude Cahen. (1949). le Malik-nâmeh et Vhistoire des origins Seljukides //Oriens. Vol. 2, No. 1.

Kaşgarlı M. (1985). Divanü lugat-it-Turk. Terc. B. Atalay. 1.cilt. Ankara: Türk tarih kurumu basımevi.

Reşidud-din. (2010). Câmi ut-tevârih: Selçuklu devleti. Çev. Göksu E., Güneş H. İstanbul: Selenge yayınları.

Husayniy S. (1933). (أخبارالدولةالسلجوقية) Axbor ad-davlat as-Saljuqiyya. Lohur: Panjob universiteti nashriyoti.

Yusuf Sh.M. (2017). Islom tarixi. J. 2. Toshkent: Hilol nashr.

Downloads

Submitted

2025-03-10

Published

2025-03-10

How to Cite

(1)
Rajapov, P. SALJUQIYLAR DAVLATININGSHAKLLANISH JARAYONI(1038–1157). moturidiylik 2025, 3 (1), 130-139. https://doi.org/10.47980/MOTURIDIY/2023-1/16.

How to Cite

(1)
Rajapov, P. SALJUQIYLAR DAVLATININGSHAKLLANISH JARAYONI(1038–1157). moturidiylik 2025, 3 (1), 130-139. https://doi.org/10.47980/MOTURIDIY/2023-1/16.

Similar Articles

1-10 of 12

You may also start an advanced similarity search for this article.