VII ASR O‘RTALARI – IX ASR BOSHLARI TURONDA HUNARMANDCHILIK

Authors

  • Javohir Azimqulov Junior Research Fellow of the Institute of History of the Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan. Yahyo Gulyamov Street 70, 100047, Tashkent

DOI:

https://doi.org/10.47980/MOTURIDIY/2024-3/12

Keywords:

Turon, Movarounnahr, abbosiylar, umaviylar, Buxoro, Samarqand, Xo‘jand, Saf ul-varroqin, Talas jangi, Bayt at-tiroz, Marv

Abstract

Maqolada Umaviylar davlati tomonidan Movarounnahr hududi fath etilgan davrdan to Somoniylar sulolasi hokimiyatga kelganiga qadar bo‘lgan davrda bu hududda hunarmandchilik sohalarining rivoji va ularning iqtisodiy-ijtimoiy hayotga ta’siri keng tahlil etilgan. Movarounnahr hududining arablar tomonidan zabt etilishi va keyinchalik ular tomonidan amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar, mahalliy hunarmandchilikning yangi bosqichga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Arablar, Eron Sosoniylarini mag‘lub etgandan so‘ng, VII asrning o‘rtalaridan to IX asr boshlariga qadar Turon hududida o‘z ta’sirini kuchaytirish harakatlarini davom ettirishdi.
Maqolada, bu davrda Movarounnahr hududida mavjud bo‘lgan hunarmandchilik sohalarining qanday rivojlanganligi, ba’zi hunar turlarining asta-sekin yo‘qolib borishi, yangi hunarmandchilik sohalarining paydo bo‘lishi haqida ma’lumot berilgan. Shu bilan birga, arablar istilosi bilan bog‘liq iqtisodiy-ijtimoiy o‘zgarishlar, jumladan, yangi hunarmandchilik turlarining paydo bo‘lishi va mahalliy iqtisodiyotga bo‘lgan ta’siri batafsil ko‘rib chiqilgan. Bu davr Movarounnahr iqtisodiy hayotining rivojida, xususan, hunarmandchilikning shakllanishida o‘ziga xos burilish davri bo‘ldi.
Maqolada mazkur davr tarixining O‘zbek davlatchilik tarixidagi ahamiyati, arab istilosidan keyingi iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlardagi o‘zgarishlar, va bu davrda hunarmandchilikning yangi bosqichga chiqishi, mavjud hunar turlarining takomillashishi yoki yo‘qolishi kabi masalalar tahlil qilingan. Tadqiqotda birlamchi manbalar va ilmiy adabiyotlardan foydalanilgan holda bu jarayonlarning muhim jihatlari haqida xulosalar taqdim etilgan. Mazkur davrni o‘rganish orqali bugungi hunarmandchilik an’analari, iqtisodiy munosabatlar va madaniy merosning kelib chiqishiga doir muhim ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.

References

al-Tabari, Muhammad ibn Jarir. (2005). Tarikh ar-Rusul wal-Muluk. Riyadh: Bayt al-Afkar al-Dawliya

al-Baladhuri. (1987). Futuh al-Buldan. Beirut: Muassasat al-Maarif.

al-Masudi. (2005). Muruj al-Zahab. Beirut: al-Maktaba al-Asriyya.

al-Hamawi, Yakut. (1984). Mu'jam al-Buldan, Vol. 3. Beirut: Dar Beirut.

al-Maqdisi. (1987). Ahsan al-Taqasim fi Ma'rifat al-Aqalim. Beirut: Dar Beirut.

Ibn Asam al-Kufi. (1991). Futuh, Vol. 4. Beirut: Dar al-Adwa.

al-Hamawi, Ruby. (1987). Mujam al-Udaba. Beirut: Dar al-Bayrut.

Abu Bakr Muhammad Narshahi. (2022). Buxoro tarixi. Tashkent: Anorbooks.

al-Istakhri. (2019). Al-Masalik Wal-Mamalik (Mawarannahr and Khorasan part). Tashkent: Fan.

Boboyorov, G. (2021). G‘arbiy Turk Xoqonligi Tarixi va Tanga-Pul Tizimi. Tashkent: Fikr Avlodi.

History of at-Tabari. (1987). Translated from Arabic by V. I. Belyaeva, with additions by O. G. Bolshakova and A. B. Khalidova. Tashkent: Fan.

Umnyakov. (1972). Samarkand. Moscow.

Osman Aydinli. (2011). History of Semerkent. Istanbul: Istanbul Yayınları.

Bahaeddin Ögel. (1984). Islamiyyetten Önce Türk Kültür Tarihi.. Ankara: Ankara Yayınları.

Chavannes. (2007). Western Turks According to Chinese Sources. Istanbul: Kitap Evi.

Lynch, R. J. (2020). Arab Conquests and Early Islamic Historiography: The Futuh al-Buldan of al-Baladhuri. London: Bloomsbury Publishing.

Downloads

Submitted

2025-02-01

Published

2025-02-01

How to Cite

(1)
Azimqulov, J. VII ASR O‘RTALARI – IX ASR BOSHLARI TURONDA HUNARMANDCHILIK. moturidiylik 2025, 4 (3), 91-96. https://doi.org/10.47980/MOTURIDIY/2024-3/12.

How to Cite

(1)
Azimqulov, J. VII ASR O‘RTALARI – IX ASR BOSHLARI TURONDA HUNARMANDCHILIK. moturidiylik 2025, 4 (3), 91-96. https://doi.org/10.47980/MOTURIDIY/2024-3/12.

Similar Articles

1-10 of 37

You may also start an advanced similarity search for this article.