MAHMUD ZAMAXSHARIYNING “AL-MUFASSAL FI SAN’AT AL-E’ROB” ASARIDAGI SHE’RIY PARCHALAR TASNIFI
DOI:
https://doi.org/10.47980/MOTURIDIY/2023-2/17Keywords:
Mahmud Zamaxshariy, nahv, dalil, she’r, bayt, e’rob, shoir, johiliyat davriAbstract
Zamaxshariy islom hamda arab tilshunosligiga oid ilmlarda yuqori marralarni zabt etdi. Mahmud Zamaxshariyning “al-Kashshof” asari tafsir ilmidagi shoh asari bo‘lganidek uning “Al-Mufassal fi san’at аl-e’rob” asari arab tili grammatikasi va fleksiyaga oid shoh asar hisoblanadi. Asar yaratilgan davrdan boshlab hozirgi kungacha jamoatchilik orasida ulkan shuxratga ega bo‘lib kelmoqda. Asarni o‘rganishga bo‘lgan harakat kundan-kunga oshib bordi, buni biz asarga yozilgan sharhlar namunasida ko‘rishimiz mumkin.
Ushbu asarni yozishda alloma o‘zigacha yozilgan nahv ilmiga oid kitoblar an’anasiga ko‘ra quyidagi manbalardan foydalangan: Qur’on oyatlari va qiroatlar; hadis matnlari; she’rlar; nahv olimlarining fikrlari; arab qabilalarining shevalari; maqol va matallar. Zamaxshariy bu manbalardan asarda turli maqsadlarda iqtiboslar keltiradi. Ko‘p o‘rinlarda iqtiboslar bir qoidaga misol tariqasida yoki o‘zining fikrini quvvatlovchi dalil sifatida keltirilgan.
Ushbu maqolada Mahmud Zamaxshariy o‘zining arab tili grammatikasiga oid “Al-Mufassal fi san’at al-e’rob”da foydalangan manbalardan biri – she’riy parchalar tasnifi keltirilgan. Asarda 455 ta bayt keltirilgan. She’riy parchalar ko‘p bo‘lganligi jihatidan bu baytlarning ma’nosi, badiiyatini hamda e’roblarini ochib berish uchun olimlar alohida sharhlar yozishgan. Olim islomgacha bo‘lgan davr shoirlarining she’riy baytlaridan grammatik qoidalarni dalillashda keng foydalangan. Maqolada olim qaysi shoirlarning ijodiga murojaat qilgani o‘rganildi. Shu bilan birga she’riy parchalar qanday maqsadda keltirilishiga qarab tasniflandi. Maqolada asarda keltirilgan she’rlardan bir nechtasi tarjima qilindi.
References
Al-Bashiyr. (2010). dissertatsiya. Ash-Shavohid ash-she’riya fi kitob al-Mufassal. Sudan.
Al-Qomus. Arabcha-o‘zbekcha lug‘at. (2017). Toshkent.
Al-Xorazmiy, Al-Qosim. (1990). Sharhu al-Mufassal fi san’at al-e’rob al-mavsum bi-t-Taxmir. V. 1. Bayrut: Dor G’arb al-Islamiy.
An-Na‘im. Arabcha-o‘zbekcha lug‘at. (2003). Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti.
Jaloliddin Suyutiy. (2003). Bug‘yat al-vu’at fi tabaqot al-lug’oviyyin va -n-nuhot. Bayrut: Dor al-Kutub
al-Ilmiya.
Jaloliddin Suyutiy. (2006). al-Iqtiroh fi usul an-nahv. Damashq: Dor al-Bayrutiy.
Jaloliddin Suyutiy. (2014). Al-Mazhar fi ulum al-lug’a va anvo’iho. V. 1. Bayrut: al-Maktabatu-l-Asriya.
Broch J. (1859). Al-Mufassal fi-n-Nahv. Christiania.
Ibn Jinniy. (1955). Al-Xasois. V. 1. Qohira: Dor Al-Kutub.
Ibn Tag’riy. (1963). An-Nujum az-zahira fi muluk Misr va al-Qohiro. V. 2. Misr: Vizarot-s-saqofa.
Ibn Xallikon. (1978). Vafayot al-a’yan va anbo abno az-zamon. Bayrut: Dor Sodir.
Rustamov A. (1971). Zamaxshariy. Toshkent: “Fan” nashriyoti.
Sibavayh. (1988). Al-Kitob. Qohira: Maktabatu Xonji.
Ubaydulla Uvatov. (2006). Xorazmlik buyuk alloma. Toshkent: Yangi asr avlodi.
Maxmud Zamaxshariy. (1905). Al-Mufassal. Qohira: Matbaatu at-taqoddum.
Downloads
Submitted
Published
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 Malika Nosirova, Saidakhon ASQAROVA (Author)

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.