ALISHER NAVOIY ASARLARIDA USTOZ-SHOGIRD G‘OYALARINING MANBAVIY VA MILLIY ASOSLARI

Authors

  • Maftuna Muminova International Islamic Academy of Uzbekistan, Basic doctoral student. A.Kadiri str. 11, 100011, Tashkent

DOI:

https://doi.org/10.47980/MOTURIDIY/2023-2/16

Keywords:

Alisher Navoiy, aksiologiya, ustoz-shogird, ustoz, komillik, iroda, g‘oya, milliy, bag‘rikenglik, qat’iyat

Abstract

Mazkur maqolada Alisher Navoiy asarlarida ustoz-shogird g‘oyalarining manbaviy va milliy asoslari masalasi yoritilgan. Buyuk mutafakkir ijodida ustoz va shogird munosabati masalasi bir necha yo‘nalishlarda namoyon bo‘lishi asoslantirilib, ustozlarga ehtirom ko‘rsatish masalasida shoirning o‘z shaxsiy hayoti o‘rnak va namuna sifatida keltirilgan. Ustoz va shogird munosabati masalasining asarlarda qo‘llanilishi, g‘azal misralarida ularning jozibador talqin etilishi tahlil qilingan. Xususan, Xamsa dostonida ustoz va shogird munosabati masalasi inson kamolotining muhim omili ekani yoritilgan. Ustoz va shogird  munosabatlari yoritilishida shoir yashagan davrga oid qarashlar aks etgan. Alisher Navoiy dostonlarida ustoz va shogird munosabati talqini badiiy tasvir vositalari orqali ifodalanganligi o‘rganilgan.  
Shuningdek, ustoz va shogird munosabati masalasining zamonaviy ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ahamiyati misollar yordamida yoritilgan hamda Alisher Navoiy asarlarining bugungi kundagi ahamiyati tahlil etilgan. Anglashiladiki, komillik saboqlari, u xoh ma’naviy, xoh kasbiy sohada bo‘lsin, ustozlarning sobit irodasi, husni xulqi, qat’iyati va bag‘rikengligisiz hamda shogirdlarning qunti, ixlosi, muhabbati, sabri va zehnisiz bugunga qadar yetib kela olmaganidek, kelajakka ham yetib borolmaydi. Zotan, ustoz va shogird xalqalari komillik saboqlarini tashishda uzviy va davomiydir. Ustozlik inson sha’nini ulug‘lovchi yuksak maqom bo‘lsa, shogirdlik shu maqomga yetaklovchi bir yo‘l va shu maqomning ajralmas qismi hamdir. Shu ma’noda ulug‘ Alisher Navoiy o‘z hayoti va ijodi misolida ustoz va shogirdlik an’analariga nechog‘lik yuksak ahamiyat qaratgani haqida so‘z yuritish har zamon uchun o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi.

References

Abdurahmon X. (2014). Talxisul Miftoh. Bayrut: Maktabat al-asriyya .

Azimov D. (2020). Alisher Navoiy – ta’lim-tarbiya jonkuyari s. Получено из Volume: 1, Issue: 5.

Yusupova D. (б.д.). Alisher Navoiyning adabiyot­shunoslik va tilshunoslikka doir asarlari. http://e adabiyot.uz/ uzbek/ mumoz/ navoiy/ 1057-maqola.

Jomiy A. (1994). “Risolai musiqiya” . Abdulla Qodiriy nomli Toshkent davlat madaniyat instituti.

Najmiddin Kubro. (2009). Tasavvuf. Toshkent: Movarounnahr nashriyoti.

Alisher Navoiy. (1987). “Hamsat ul-mutahayyirin”. O‘zbekiston SSR “Fan” nashriyoti.

Alisher Navoiy. (1987). “Nasoyim ul-muhabbat” J. 17. Toshkent: Fan nashriyoti.

Alisher Navoiy. (1991). Farhod va Shirin J. 8. Toshkent: “Fan” nashriyoti.

Alisher Navoiy. (1992). “Layli va Majnun”. Toshkent: “Fan” nashriyoti.

Alisher Navoiy. (1997). Majolis un-nafois. J. 13. Toshkent: “Fan” nashriyoti.

Alisher Navoiy. (1991). Hayrat ul-abror. J. 7. Toshkent: “Fan” nashriyoti.

Alisher Navoiy. (1998). Mahbub ul-qulub (Т. T.14.). Toshkent: “Fan” nashriyoti.

Shamsiev P., Mirzaev S. (1960). Boburnoma

Sh.M.Mirziyoev. (2021). Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti.

Shaltut K. (https://e-tarix.uz/saxslar/642-maqola.html). https://e-tarix.uz/saxslar/642-maqola.html.

Zahiriddin B. (2008). Boburnoma / Hozirgi o‘zbek tiliga Vahob Rahmonov va Karomat Mullaxo‘jaeva tabdili. Toshkent: “Oʻqituvchi” nashriyoti.

References

Abdurahmon Kh. (2014). Talkhis al-Miftah. Bayrut: Maktabat al-asriyya publishing house.

Azimov D. (2020). Alisher Navoiy – ta’lim-tarbiya jonkuyari. Vol. 1, Issue: 5.

Yusupova D. Alisher Navoiyning adabiyotshunoslik va tilshunoslikka doir asarlari. http://e adabiyot.uz/ uzbek/ mumoz/ navoiy/ 1057-maqola.

Jomiy A. (1994). “Risolai musiqiya” . Abdulla Qodiriy nomli Toshkent davlat madaniyat instituti.

Najmiddin Kubro. (2009). Tasavvuf. Tashkent: “Movarounnahr” publishing house.

Alisher Navoiy. (1987). “Khamsat ul-mutahayyirin”. O‘zbekiston SSR “Fan” publishing house.

Alisher Navoiy. (1987). “Nasoyim ul-muhabbat”

Vol. 17. Tashkent: “Fan” publishing house.

Alisher Navoiy. (1991). Farhod va Shirin Vol. 8. Toshkent: “Fan” publishing house.

Alisher Navoiy. (1992). “Layli va Majnun”. Toshkent: “Fan” publishing house.

Alisher Navoiy. (1997). Majolis un-nafois Vol. 13. Tashkent: “Fan” publishing house.

Alisher Navoiy. (1991). Hayrat ul-abror Vol. 7. Tashkent: “Fan” publishing house.

Alisher Navoiy. (1998). Mahbub ul-qulub Vol. 14. Tashkent: “Fan” publishing house.

Shamsiev P., Mirzaev S. (1960). Boburnoma

Sh.M.Mirziyoev. (2021). Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Tashkent: “O‘zbekiston” publishing house.

Shaltut K. (https://e-tarix.uz/saxslar/642-maqola.html). https://e-tarix.uz/saxslar/642-maqola.html.

Zahiriddin B. (2008). Boburnoma / Hozirgi o‘zbek tiliga Vahob Rahmonov va Karomat Mullaxo‘jaeva tabdili. Tashkent: “Oʻqituvchi” publishing house.

Downloads

Submitted

2025-03-06

Published

2025-03-06

How to Cite

(1)
Muminova, M. ALISHER NAVOIY ASARLARIDA USTOZ-SHOGIRD G‘OYALARINING MANBAVIY VA MILLIY ASOSLARI. moturidiylik 2025, 3 (2), 130-136. https://doi.org/10.47980/MOTURIDIY/2023-2/16.

How to Cite

(1)
Muminova, M. ALISHER NAVOIY ASARLARIDA USTOZ-SHOGIRD G‘OYALARINING MANBAVIY VA MILLIY ASOSLARI. moturidiylik 2025, 3 (2), 130-136. https://doi.org/10.47980/MOTURIDIY/2023-2/16.

Similar Articles

You may also start an advanced similarity search for this article.