O‘ZBEKISTONDA SHIA JAMOALARI AN’ANALARINING SHAKLLANISHI VA TRANSFORMATSIYASI
DOI:
https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-1/2Keywords:
shialik, eroniy, jamoa, urf-odat, an’ana, marosim, oyamulloAbstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston hududida istiqomat qiluvchi shia jamoalarining o‘ziga xos urf-odatlari, an’analari va diniy-marosimiy hayoti tizimli hamda atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqotda mazkur an’analarning tarixiy shakllanish bosqichlari, konfessional rivojlanish qonuniyatlari va zamonaviy davrdagi transformatsiya jarayonlari sotsiomadaniy kontekstda yoritib berilgan. Maqolaning o‘ziga xos jihati shundaki, unda mamlakatimizdagi eng yirik ikki tarixiy markaz – Samarqand va Buxoro shia jamoalarining etnomadaniy hamda marosimiy hayoti ilk bor qiyosiy- vaziyatli o‘rganilgan bo‘lib, ularning o‘xshash va farqli jihatlari ilmiy asoslab berilgan. Ayniqsa, O‘zbekiston shia jamoalari hayotida markaziy o‘rin tutuvchi «Ashuro» motam marosimining o‘tkazilishi, uning kompozitsion tuzilishi va mahalliy (o‘zbekona hamda tojikona) madaniyat ta’ sirida qanday lokal xususiyatlarga ega bo‘lgani chuqur tahlil ostiga olingan. Muallif bevosita dala-etnografik tadqiqotlari, so‘rovnomalar va jonli kuzatuvlar natijalariga tayangan holda, jamoaning ichki submadaniyatiga xos bo‘lgan «Ashuro», «Shome g‘aribon» kabi diniy-motam marosimlari bilan bir qatorda, oilaviy-maishiy hayot bilan bog‘liq «qoshchinon», «xinobandon», «gahvora bandon» hamda xalqona e’tiqod tizimiga oid «Bibi mushkulkushod» kabi marosimlarning o‘tkazilish dinamikasini yoritadi. Maqola yakunida shia jamoalari madaniy merosining O‘zbekistondagi millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitidagi o‘rni hamda ijtimoiy integratsiya masalalari bo‘yicha ilmiy xulosalar ilgari surilgan.
References
Averyanov, Yu., & Seitov, E. (2018). Obyadovaya zhizn shiitov Irana Bukhary po dannym polevykh issledovaniy. In T. V. Kotyukova (Ed.), Oazisy Shelkovogo puti: Sovremennye problemy etnografii, istorii i istochnikovedeniya narodov Tsentralnoy Azii: K 100-letiyu doktora istoricheskikh nauk Balkis Khalilovny Karmyshevoy (p. 762). Moscow.
Arapov, D. Yu. (1982). Bukharskoe khanstvo v russkoy vostokovedcheskoy istoriografii. Moscow.
Avdoev, T. V. (2016). Istoriko-teosoficheskiy aspekt yezidizma. Moscow.
Bogdanov, L. F. (1909). Persiya v geograficheskom, religioznom, bytovom otnoshenii. Saint Petersburg.
Petrushevskiy, I. P. (1966). Islam v Irane v VII–XV vekakh: Kurs lektsiy. Leningrad University Press.
Sukhareva, O. A. (1966). Bukhara. XIX – nachalo XX v.: Pozdnefeodalnyy gorod i ego naselenie. Moscow.
Litvinov, V. P. (2019). Istoricheskiy opyt Rossiyskogo gosudarstva v organizatsii i regulirovanii palomnichestva musulman Sredney Azii [Doctoral dissertation]. Yelets.
Leshchenko, V. O. (2023). Shiitskaya ritualnaya praktika samobichevaniya: Kulturnyy i religioznyy aspekty. In V. R. Borovoy (Ed.), Problemy sovremennogo vostokovedeniya: Materialy III Mezhdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konferentsii (Minsk, June 29–30, 2023). Belarusian State University.
Dzhumaev, A. B. (2010). Traditsiya Ashuro u irantsev Bukhary kak sotsiokulturnyy i khudozhestvennyy fenomen. In Mir Islama: Istoriya, obshchestvo, kultura: Tezisy dokladov II Mezhdunarodnoy nauchnoy konferentsii (October 28–30, 2010).
Derviş, L. (2021). Özbekistan İranilerinin tarihine kısa bir bakış. Selçuk Üniversitesi Türkiyat Araştırmaları Dergisi, (51), 12.
Derviş, L. (2020). Turkestanskiye Vedomosti gazetesi’nin Türkistan tarihi kaynağı olarak önemi / The importance of the newspaper Turkestanskiye Vedomosti as the source of information on the history of Turkestan. Selçuk Üniversitesi Türkiyat Araştırmaları Dergisi, 1(49), 365.
Toxtiyev, Sh. R. (2022). Markaziy Osiyoda shia jamoalarining shakllanishi va o‘ziga xos xususiyatlari [Formation and specific characteristics of Shiite communities in Central Asia]. Tashkent: Bookmany Print.
Kurbanova, M. B. (2019). Traditsiya pominaniya Fatimy-i Zakhro shiitskoy obshchinoy Bukhary. In Etnos i konfessiya: Materialy Vosemnadtsatykh Mezhdunarodnykh Sankt-Peterburgskikh etnograficheskikh chteniy (pp. 102–104). Saint Petersburg State University of Industrial Technologies and Design.
Rossiya – Srednyaya Aziya: Politika i islam v kontse XVIII – nachale XXI veka. (2013). Moscow.
Committee on Religious Affairs of the Republic of Uzbekistan. (2025, July 4–6). Field research materials based on Letter No. 02-02/02/1/1846 dated June 27, 2025. Samarkand Region, Uzbekistan–Iran Friendship Society, Panjob Mosque, and Murod Avliyo Mosque.
Downloads
Submitted
Published
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 Ibrohim Nigmatullayev (Author)

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.