Qur’oni karimning eski turkiy tildagi o‘girmasi
DOI:
https://doi.org/10.47980/MOTURIDIY/2024-3/1Keywords:
Qur’oni karim , eski turkiy til, Qur’onning eski turkiy tildagi o‘girmas, Qur’on suralari, oyatlar, Allohning sifat ismlari, basmalaning turkiy o‘girmasiAbstract
Maqolada Qur'oni karimning eski turkiy tildagi o‘girmasi va uning ilmiy ahamiyati tahlil etilgan. Ushbu tarjima islom sivilizatsiyasining turkiy xalqlar orasida tarqalishi va bu davr yozma madaniyatining rivojlanishida katta rol o‘ynagan. Maqolada asarning yozilgan davri, til xususiyatlari va uslubi keng yoritilgan. Eski turkiy tilga xos lug‘aviy qatlamlar, grammatik tuzilmalar, fonetik o‘zgarishlar va sintaktik o‘zgarmalar chuqur tahlil qilinadi. Tarjima XI asrda bajarilgan bo‘lib, o‘sha davr turkiy yozma adabiy tilida diniy-falsafiy atamalar tizimi mukammal darajada ishlab chiqilganini ko‘rsatadi. Ushbu matnning qadimgi va hozirgi turkiy tillar orasidagi farqlarini tahlil qilish orqali, o‘girma tili va uning uslubi hamda turkiy tilning o‘ziga xosligi haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Maqolada qo‘lyozmaning o‘ziga xos jihatlari, matnning shakli va yozilish tarzi haqida batafsil ma’lumot berilgan. Ushbu nodir asarning to‘liq qo‘lyozmasi hozirda Istanbuldagi Turk Islom asarlari muzeyida saqlanmoqda. Matnda Qur’on oyatlarining turkiy tilga tarjimasi aniq va so‘zma-so‘z berilgan bo‘lib, unda arab tilidagi jumla strukturasiga moslashuv, turkiy tarjimaning o‘ziga xos uslubi va qoidalari ishlab chiqilgan. Tarjima jarayonida ishlatilgan lug‘at qatlami va diniy atamalarning turkiy ekvivalentlari, shuningdek, qadimgi turkiy tilning boy imkoniyatlari, arabcha atamalar va so‘zlarning turkiy til qonuniyatlari asosida qayta yaratilishi chuqur tahlil qilingan. Bundan tashqari, maqolada Qur'oni karimning arabcha matni va turkiy o‘girmasi o‘rtasidagi farqlar, diniy-falsafiy atamalarning turkiy tilga kiritilishi jarayoni ham yoritilgan.
References
Okıgu. (2023). En Eski Kur’an Ҫevirisi. I. Giriş - Metin - Dizin. Prepared by: Ekrem Ural. İstanbul: Kutlu Yayınevi.
Koran. (1907). Perevod s arabskogo yazyka G.S. Sablukova (Third Edition). Kazan.
Qur'oni Karim. (1992). Explanatory translation in Uzbek. Translation and commentary by: Alouddin Mansur. Tashkent: Cholpon.
Qur'oni Karim ma'nolarining tarjima va tafsiri. (2023). Translation and tafsir by: Shaykh Abdulaziz Mansur.Tashkent: Tafsir-books Publishing.
Movarounnahr turkiy tafsirlari tarikhidan [Tarjima-i Tafsir-i Charhiy]. (2012). Introduction, adaptation, comments, and topic indexes by: I. Usmonov, G. Saidova. Tashkent: Movarounnahr.
Ẓahīrü’d-dīn Muḥammad Bābür Mīza. (2004). Mübeyyen der Fıḳh (Giriş – Metin – Dizin - Tıpkıbasım). Prepared by: Dr. Tanju Oral Seyhan. İstanbul.
Munshaot: Preserved at the National Library of France, Suppl. Turc. 317 / 1513 in the Navoiy kulliyot (387b–406a).
Nasayimu-l-muhabbat: Preserved at the National Library of France, Suppl. Turc. 316 / 1513 in the Navoiy kulliyot (22b–154a).
Siraju-l-muslimin: Preserved at the National Library of France, Suppl. Turc. 316 / 1513 in the Navoiy kulliyot
Downloads
Submitted
Published
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 Moturidiylik

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.