ISLOM HUQUQI TIZIMIDA INSON HUQUQLARI
DOI:
https://doi.org/10.47980/MOTURIDIY/2024-2/6Keywords:
Majduddin Muhammad Usturshaniy, Inson huquqlari, Prezident, BMT, Gugo Grotsiy, Tomas Gobbs, islom huquqi, xalqaro huquqi, normativ huquqiy tizim, Qur’oni karim, hadisi sharif.Abstract
Ushbu maqolada islom huquqida yoritib berilgan inson huquqlari va undagi institutsional sohalar haqida so‘z boradi. Inson huquqini amalda ta’minlashni xalqaro institutlar va asosiy xalqaro hujjatlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Inson huquqi bo‘yicha xalqaro institutlarning huquqiy maqomida va asosiy xalqaro hujjatlarning mazmunida inson huquqini himoya qilishning talablari va mexanizmi belgilab berilgan bo‘ladi. Inson huquqi islom ta’limotida muhim oʻrin egallaydi. Qur’oni karim va hadisi shariflarda inson qadr-qimmati, haq-huquqlari masalasiga alohida keng oʻrin berilgan. Unda insonning shaxsiy, ijtimoiy huquqlari shariat qonun-qoidalari asosida
bayon qilingan. O‘rta asrlarda Movarounnahrda yashab ijod qilgan allomalarimiz Majduddin Muhammad Ustrushaniy kabi buyuk mutafakkirlarimizning hozirgi kunda G‘arb olimlaridan uch asr avval «Bola huquqlari»ga doir ilk fundamental asar sohibi ekanini ko‘rishimiz mumkin. Bu Majduddin Muhammad Usturshaniy asarlarining ilmiy qiymatini yanada oshirib, uni inson huquqlarining muhim segmentlaridan birini tashkil etiladigan yuvenal huquq, ya’ni bolalar huquqi ilmiy yo‘nalishining shakllanishi tarixi bo‘yicha benazir manbaga aylantiradi.
References
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yiligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi ma’ruzasi. //Xalq so‘zi, 2019-yil 9-dekabr.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. (2019). Iymon. Toshkent: Hilol-Nashr.
Rustambayev M.X. (2022). Inson huquqi. Toshkent: Yuridik publish.
Saidov A.H. (2004). Hozirgi zamon asosiy huquq tizimlari. Toshkent: Adolat.
Matkarimova G.S. (1998). Xalqaro va milliy huquqda ayollarning gender va repraduktiv huquqlari: Yurid. fan. dokt…dissertatsiya. Toshkent.
Kurakov L.P., Kurakov V. L., Kurakov A. L. (2004). Ekonomika i pravo: slovar-spravochnik. Moskva: Vuz i shkola.
Yusupova N.J., Mamadiyev B.B., Xaydarov M.M. (2022). Islomda gender tenglikning o‘ziga xos tamoyillari. Toshkent: Baktria press.
Jo‘zjoniy A.Sh. (2002). Islom huquqshunosligi, hanafiy mazhabi va Markaziy Osiyo faqihlari. Toshkent: Toshkent islom universiteti.
Hugo Grosius. (2005). The Rights of War and Peace, edited and with an Introduction by Richard Tuck, from the Edition by Jean Barbeyrac. Indianapolis: Liberty Fund. 1 vol.
Atayev M. (2021). Islomda bolalar huquqi. Toshkent: O‘zbekiston.
Syukiyaynen L.R. (2014). Islam i prava cheloveka v dialoge kultur i religiy. Moskva.