IMOM TERMIZIYNING «SUNAN» ASARI TAFSIR BOBI VA UNDAGI FIQHGA OID HADISLAR TAHLILI
DOI:
https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-1/2Keywords:
Imom Termiziy, Sunan, tafsiriy hadis, Qur’on talqini, sunnat, Fotiha surasi, qiblaAbstract
Hadislar islom dinining asosiy manbalaridan biri bo‘lib, Qur’oni Karim oyatlarini tafsir qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Hadislarni o‘rganish doirasida yaratilgan yirik to‘plamlar orasida Imom Abu Iso Muhammad ibn Iso Termiziyning «Sunan» asari nafaqat hadislarning matni va sanadiga oid tafsilotlarni, balki tafsir ilmiga oid ma’lumotlarni ham o‘z ichiga olgani bilan alohida ajralib turadi. Ayniqsa, asarning tafsir bobida Qur’oni Karim oyatlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan hadislar alohida ilmiy ahamiyatga ega bo‘lib, unda oyatlarning nozil bo‘lish sabablari, majoziy ifodalari, fiqhiy talqinlari va sahobiylarning rivoyatlarni tushunish metodlari aniq ko‘rsatib beriladi. Imom Termiziyning ilmiy uslubi hadisni nafaqat rivoyat qilish, balki u orqali fiqh va tafsirga oid masalalarni muhokama qilishda ham metodik yondashuvni ko‘rsatadi. Mazkur ilmiy tahlillar orqali hadis va tafsir ilmlarining o‘zaro uyg‘unligi, oyatlar tafsirisiga oid hadislarning manbashunoslikdagi o‘rni, Qur’onni sunnat orqali sharhlashning metodologik asoslari aniqlanadi. Shuningdek, maqolada Imom Termiziyning «Sunan» asari tafsirga oid hadislarni tizimli shaklda taqdim etgan yirik manba sifatida yoritiladi.
References
Kashmiri, A. S. (2004). ‘Arf al-Shadhi: Commentary on Sunan al-Tirmidhi (Vol. 1). Dar al-Turath al-‘Arabi.
Al-Dhahabi, S. al-D. M. (1998). Tadhkirat al-Huffaz. Dar al-Kutub al-‘Ilmiyyah.
Al-‘Asqalani, S. al-D. A. al-F. A. ibn ‘Ali ibn H. (1996). Tahdhib al-Tahdhib (Vol. 3). Mu’assasat al-Risalah.
Al-Tirmidhi, M. ibn ‘I. (2010). Sunan al-Tirmidhi (M. Kenjabek, Trans., commentator, & annotator). Sharq Publishing House.
Al-‘Asqalani, I. H. (1984). Tahdhib al-Tahdhib (Vol. 9). Dar al-Fikr.
Al-‘Umari, A. Z. (n.d.). Turath al-Tirmidhi al-‘Ilmi. Al-Maktabah al-Dar.
Al-Dhahabi, S. al-D. M. (1993). Siyar A‘lam al-Nubala’ (Vol. 18). Mu’assasat al-Risalah.
Al-‘Umari, A. Z. (n.d.). Turath al-Tirmidhi al-‘Ilmi. Al-Maktabah al-Dar.
Al-Tirmidhi, M. ibn ‘I. ibn S. ibn M. ibn al-D. (n.d.). Sunan al-Tirmidhi (Vol. 1).
Ibn al-‘Arabi al-Maliki, A. B. M. ibn ‘A. (2011). ‘Aridat al-Ahwadhi: Commentary on Sahih al-Tirmidhi (J. Marashli, Ed.; Vol. 13). Dar al-Kutub al-‘Ilmiyyah.
‘Abd al-Karim, A. (1409 AH). Critical edition of the commentary on Jami‘ al-Sunan by Abu al-Fath Muhammad ibn Muhammad ibn Muhammad al-Ya‘muri al-Andalusi (Vol. 1). Ward al-‘Asimah.
Al-Busti, A. H. M. ibn H. (2012). Al-Musnad al-Sahih ‘ala al-Taqasim wa al-Anwa‘ (M. A. Sonmez & H. Aydemir, Eds.; Vol. 3). Dar Ibn Hazm.
Muhammad Yusuf, S. M. S. (2019). Tafsir Hilal. Hilal Publishing House.
Downloads
Submitted
Published
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 Ahad Raymberdiyev (Author)

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.