«TA’VILOT AHL AS-SUNNA»DA KELTIRILGAN NOISLOMIY DIN VA E’TIQODLARGA OID MA’LUMOTLAR TAHLILI

Authors

  • Jurabek SODIKOV Senior Lecturer of the ICESCO Department for Islamic Studies and Study of Islamic Civilization, International Islamic Academy of Uzbekistan, (PhD).

Keywords:

Moturidiy, «Ta’vilot ahl as-sunna», tafsir, din, e’tiqod, dahriylik, ahli kitob, sanaviylar, majusiylik, iloh

Abstract

Islomdagi firqalarning kelib chiqishiga islomdan boshqa din va e’tiqodlarning ham ta’siri katta bo‘lgan. Shu bois Imom Moturidiy o‘z tafsirida adashgan firqalar bilan bir qatorda islomdan boshqa turli diniy 
e’tiqod va falsafiy ta’limot vakillarining musulmon jamoalari aqidasiga o‘tkazgan ta’siri, shuningdek, ularning islomga shubha tug‘dirishi mumkin bo‘lgan qarashlariga ham batafsil to‘xtalib o‘tadi. Alloma biror e’tiqodiy masala muhokamasida, avvalo, qarshi tomonning aqida va qarashlarini hamda ularga asos bo‘lgan dalillarini o‘rganadi. So‘ngra mazkur masaladagi islom e’tiqodi va dalillarini keltiradi. «Ta’vilot ahl as-sunna»da jami 16 ta islomdan boshqa dinlar va e’tiqodiy ta’limotlar haqida ma’lumot berilgan. Ular ichida ahli kitoblar, ya’ni yahudiylar va xristianlar hamda arab mushriklari, mulhidlar, sanaviylar, majusiylar, dahriylar haqida kо‘proq sо‘z yuritilgan. Bunga ularning Qur’oni karimda ko‘p zikr etilgani, musulmonlarga yaqin hududlarda yashagani yoki Moturidiy davrida faollashgani sabab bo‘lgan. «Ta’vilot ahl as-sunna»da keltirilgan ma’lumotlar kohinlik va rohiblikning ham mustaqil diniy e’tiqodlar bo‘lganini ko‘rsatadi. Shuningdek, asarda bugun ko‘pchilik sinonim sifatida qo‘llaydigan mulhidlik va dahriylik tushunchalari o‘rtasidagi ba’zi farqlarni ham kuzatish mumkin. Ya’ni, dahriylikda olam azaliyligi va oxiratning inkori birlamchi о‘rinda tursa, mulhidlikda iloh va din tushunchasini tan olmaslik yaqqol kо‘zga tashlanadi. Maqolada «Ta’vilot ahl as-sunna»da uchraydigan turli din va e’tiqodiy ta’limotlarga birma-bir to‘xtalib o‘tiladi. Tafsirda ularning har biriga qay darajada e’tibor qaratilgani va bunga sabab bо‘lgan omillar alohida-alohida tahlil qilinadi. Shuningdek, ular haqida keltirilgan ma’lumotlarning mazmuni va ahamiyati ochib beriladi.

References

Abdulqodir Shayba. (2012). al-Adyon val-firoq valmazahib al-mu’osira. Ar-Riyod: Maktaba Fahd al-vataniya.

Abdulqohir Bag‘dodiy. (1988) al-Farq bayna-l-firoq. Qohira: Maktaba Ibn Sino.

Abul Muin Nasafiy. (2011) Tabsiratu-l-adilla / Muhammad Anvar Homid Iso tahqiqi. J. 1-2. Qohira: al-Maktaba al-azhariya li-t-turos.

Abul Muzaffar Isfaroyiniy. (1983) at-Tabsir fi-d-din. Bayrut: Olam al-kutub.

Abulfath ibn Abdulkarim Shahristoniy. (2000) al-Milal va-n-nihal. Bayrut: al-Maktaba al-asriya.

Abullays Samarqandiy. (1993) Bahru-l-ulum. J. 1. Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiya.

Ahmad ibn Hanbal. (2003) ar-Radd ala-l-jahmiya vazzanodiqa / Sobriy Saloma Shohin tahriri. Ar-Riyod: Dor as-sabot lin-nashr vat-tavzi’.

Ahmad Shibliy. (2002) Muqorana al-adyon. J. 2. Qohira: Maktaba an-nahda al-misriya.

Boboyev H., Hasanov S. (2001) «Avesto» – ma’naviyatimiz sarchashmasi. Toshkent: Adolat.

Faxriddin Roziy. (1982) E’tiqodot firoq al-muslimin val-mushrikin. Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiya.

Hasanov A. (2001) Qadimgi Arabiston va ilk islom. Johiliya asri. Toshkent: Toshkent islom universiteti.

Ibn Jarir Tabariy. (1994) Tafsir at-Tabariy. J. 6. Bayrut. Muassasa ar-risola.

Ibn Hazm Andalusiy. (2016). al-Fisol. J. 2. Maktaba as-salom al-olami.

Ibn Kasir. (1998) Tafsiru al-Qur’onu al-azim. Bayrut: Dor toyyiba lin-nashr vat-tavzi’. J. 6.

Ibn Xoldun. (2004) Muqaddima. J. 2. Damashq: Dor Ya’rub.

Islom ensiklopediyasi. (2004) Toshkent: «О‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti.

Gunnar Skirbekk. (2002) Nils Gilye. Falsafa tarixi. Toshkent: Sharq.

Moni’ ibn Hammod Juhaniy. (1997) al-Mavsua almuyassara. J. 1-2. Ar-Riyod: Dor an-nadva.

Abu Mansur Moturidiy. (2011). Kitobu-t-tavhid / Bakr Tо‘pal о‘g‘li va Muhammad Aruchi tahriri ostida. Bayrut: Dor as-sadr, Istanbul: Irshod.

Moturidiy. Ta’vilot ahl as-sunna / Bakr Tо‘pal о‘g‘li tahriri ostida. J. 1-18. Istanbul: Dor al-miyzon, 2005-2007.

Muhammad Abu Zahra. (2007). Tarix al-mazahib alislamiy. Qohira: Dor al-fikr.

Recep Önal. (2013). Mâtürîdî’ye göre islam dişi dinler / doktora tezi. Ocak: Sakarya üniversitesi Sosyal bilimler enstitüsü.

Sami’ Dug‘aym. (1998). Mavsua mustalahot ilm al-kalom al-islomiy. J. 2. Bayrut: Maktaba Lubnan nashirun.

Suxov A.D. (1989). Ateisticheskiye traditsii v russkoy filosofii. Moskva: Znaniye.

Talip Özdeş. (2003). Maturidi’nin tefsir anlayişi. Istanbul: Insan yayınları.

Downloads

Submitted

2025-03-17

Published

2023-12-28

How to Cite

(1)
SODIKOV, J. «TA’VILOT AHL AS-SUNNA»DA KELTIRILGAN NOISLOMIY DIN VA E’TIQODLARGA OID MA’LUMOTLAR TAHLILI. moturidiylik 2023, 3 (4), 80-89.

How to Cite

(1)
SODIKOV, J. «TA’VILOT AHL AS-SUNNA»DA KELTIRILGAN NOISLOMIY DIN VA E’TIQODLARGA OID MA’LUMOTLAR TAHLILI. moturidiylik 2023, 3 (4), 80-89.