«Ta’vilot al-qur’on» asarida oyatlar sababi nuzulining rivoyat qilish uslublari

DOI:

https://doi.org/10.47980/MOTURIDIY/2024-3/6

Authors

  • Abdulaziz Yakhshilikov Research Fellow of the Imam Maturidi International Scientific Research Center. A.Qadiri str. 11, 100011, Tashkent

Keywords:

Moturidiy
Qur’on
oyat
sababi nuzul
rivoyat
lafzan
ma’nan

Abstract

 Maqolada Imom Moturidiyning «Ta’vilot al-Qur’on» asarida sababi nuzul rivoyatlari ikki asosiy shaklda ifodalangani: lafzan (so‘zma-so‘z) va ma’nan(mazmunan) yoritilgan. Lafzan rivoyatlar, ya’ni aynan so‘zma-so‘z keltirilgan rivoyatlar kamroq uchraydi. Masalan, Hasan Basriydan keltirilgan rivoyatda, musulmonlar o‘rtasidagi kelishmovchilir sababli «Agar, mo‘minlardan ikki toifa o‘zaro urushib qolsalar, darhol ular o‘rtasini isloh etingiz!», oyati nozil bo‘lgani aytiladi. Masalan, Badr asirlari haqida bo‘lgan rivoyatlarda tafsilotlar to‘liq keltiriladi. Ushbu uslub Imom Moturidiyning rivoyatlarning muhim qismlarini batafsil taqdim etganini ko‘rsatadi.
Ma’nan rivoyatlar, ya’ni mazmunan keltirilgan rivoyatlar ko‘proq uchraydi. Misol uchun, Abu Tolibning vafoti bilan bog‘liq rivoyatlarda sababi nuzul qisqacha bayon etilgan. Imom Moturidiyning tafsir uslubida rivoyatlarni qisqartirishda, u «أو نحو هذا من الكلام» (yoki shu kabi so‘zlar) kabi iboralarni ishlatgan. Ba’zan esa «و في الحديث طول» (va gap uzun) kabi iboralar orqali rivoyatlarning batafsil qismlarini qisqartirgan. Demak, u ba’zan, ma’lumotni to‘liq berishdan ko‘ra, qisqartirilgan va mazmunni saqlangan matnlarni afzal ko‘rgan.
Maqolada, Moturidiyning «Ta’vilot al-Qur’on» asarida sababi nuzul rivoyatlarining uslubiy yonda­shuvini ko‘rishimiz mumkin.

Read More

Downloads

Submitted

2025-02-01

Accepted

2025-02-01

Published

2025-02-01

How to Cite

(1)
Yakhshilikov, A. . «Ta’vilot Al-qur’on» Asarida Oyatlar Sababi Nuzulining Rivoyat Qilish Uslublari. moturidiylik 2025, 4 (3), 47-53. https://doi.org/10.47980/MOTURIDIY/2024-3/6.

How to Cite

(1)
Yakhshilikov, A. . «Ta’vilot Al-qur’on» Asarida Oyatlar Sababi Nuzulining Rivoyat Qilish Uslublari. moturidiylik 2025, 4 (3), 47-53. https://doi.org/10.47980/MOTURIDIY/2024-3/6.