ABU HANIFA SHAXSIYATI VA ILMIY MEROSINING OʻRGANILISHI

Authors

  • Hamida Ilhomova Masters’ Degree Student International Islamic Studies Academy of Uzbekistan 11А, Abdulla Qodiriy Street, Tashkent, 100011, Uzbekistan

DOI:

https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-2/4

Keywords:

Abu Hanifa, hanafiy mazhabi, fiqh, aqida, kalom, al-Fiqh al-akbar, al-Fiqh al-absat, al-Olim va-l- mutaallim, ar-Risola, al-Vasiya, moturidiylik, ahli sunna val jamoa, manbashunoslik, ilmiy meros

Abstract

Ushbu maqolada Abu Hanifa No‘mon ibn Sobitning hayoti, ilmiy faoliyati va islom tafakkuri tarixidagi o‘rni fiqh, aqida hamda kalom ilmlarining o‘zaro bog‘liqligi asosida tahlil qilinadi. Abu Hanifaning Kufa ilmiy muhitida olim sifatida shakllanishi, sahobiy va tobeinlar merosidan bahramand bo‘lgani, Hammod ibn Abu Sulaymon kabi ustozlarining uning ilmiy kamolotiga ta’siri yoritiladi. Tadqiqotning muhim yo‘nalishlaridan biri Abu Hanifaga nisbat berilgan «al-Fiqh al-akbar», «Fiqh al-absat», «al-Olim va-l-mutaallim», «ar-Risola» va «al-Vasiya» kabi asarlarning manbashunoslik jihatdan o‘rganilishidir. Mazkur risolalarning rivoyat zanjirlari, qo‘lyozma nusxalari, nashrlari va ularga bildirilgan ilmiy e’tirozlar tahlil qilinadi. Ayniqsa, «al-Fiqh al-akbar» va boshqa risolalardagi ayrim tushuncha va masalalarning Abu Hanifa davriga mansubligi yuzasidan bildirilgan fikrlar muhokama etiladi. Abu Hanifaning fiqh tushunchasiga keng mazmun bergani, ya’ni uni inson uchun foydali va zararli narsalarni bilish sifatida talqin qilgani asosida fiqh va aqida o‘rtasidagi uzviylik ochib beriladi. Tadqiqot natijasida Abu Hanifani faqat hanafiy fiqhiy mazhabi asoschisi sifatida emas, balki aqida va kalom ilmlarining rivojiga sezilarli hissa qo‘shgan alloma sifatida baholash zarurligi asoslanadi. Shu bilan birga, unga nisbat berilgan asarlarning mavjudligi tarixiy manbalarda keng qayd etilgani, biroq bizgacha yetib kelgan nusxalarning to‘liq autentikligi masalasi ilmiy munozara uchun ochiq ekani ta’kidlanadi

Downloads

Submitted

2026-11-10

Published

2026-11-10

How to Cite

(1)
Ilhomova, H. ABU HANIFA SHAXSIYATI VA ILMIY MEROSINING OʻRGANILISHI. moturidiylik 2026, 6 (2), 34-40. https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-2/4.

How to Cite

(1)
Ilhomova, H. ABU HANIFA SHAXSIYATI VA ILMIY MEROSINING OʻRGANILISHI. moturidiylik 2026, 6 (2), 34-40. https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-2/4.

Similar Articles

1-10 of 129

You may also start an advanced similarity search for this article.