SADR SHAHID HUSOMUDDIN UMAR BUXORIYNING «KITOB AL-VAQF» ASARIDA FAQIHLARNING VAQF NAZARIYASI:FIQHIY BAHSLAR VA ULARNING HUQUQIY AHAMIYATI
DOI:
https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-2/6Keywords:
Sadr shahid, Husomuddin Umar Buxoriy, «Kitob al-vaqf», vaqf, hanafiy fiqhi, fiqhiy ixtilof, ijtihod, qiyos, istihson, Abu Hanifa, Abu Yusuf, Muhammad Shayboniy, vafq mulki, vafq daromadi, faqirlik, haqdorlik, islom huquqiAbstract
Ushbu maqolada Sadr shahid Husomuddin Umar Buxoriyning «Kitob al-vaqf» asarida bayon etilgan vaqfga oid fiqhiy qarashlar, ijtihodiy tafovutlar va ularning usuliy asoslari tahlil qilingan. Tadqiqotda asarning ikki qo‘lyozma nusxa asosida ilmiy-tahqiqiy nashrga tayyorlangani, unda keltirilgan hanafiy faqihlar qarashlarining o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Xususan, Abu Hanifa, Abu Yusuf, Muhammad ibn Hasan Shayboniy, Zufar ibn Huzayl, Abu Ja’far Tahoviy, Hilol ibn Yahyo va boshqa faqihlarning vaqf mulkining huquqiy maqomi, vaqfdan foydalanuvchilarni belgilash, farzandlar va qarindoshlarga vaqf qilish, shuningdek, vaqf daromadining haqdorlarga o‘tish vaqtiga oid qarashlari qiyosiy o‘rganilgan. Shuningdek, Sadr shahidning fiqhiy ixtiloflarni bayon etish bilan cheklanmay, ularning asoslarini tahlil qilishi va zarur hollarda o‘z ijtihodiy xulosasini qiyos va istihson usullari orqali asoslashiga alohida e’tibor qaratilgan. Vaqfdan foydalanuvchining faqirlik maqomini belgilashda mol-mulk, daromad, kasb qilish qobiliyati, yerning hosildorligi va ehtiyoj darajasi kabi mezonlarning qo‘llanilishi tahlil qilingan. Ikki yuz dirham mezoni, vaqf daromadining shakllanish vaqti hamda uning merosga o‘tish masalalari ham tadqiq etilgan
Downloads
Submitted
Published
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 Rakhshona Kenjaboyeva (Author)

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.