IMOM BUXORIY TA’LIMOTIDAGI AXLOQIY TAMOYILLARNING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI O‘RNI
DOI:
https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-M/2Keywords:
Imom Buxori, odob-axloq, hadis ilmi, Kitob al-Adab, axloqiy islohot, farzand tarbiyasi, halollikAbstract
Ushbu maqolada Imom Buxoriy ta’limotida islomiy axloqiy qadriyatlarning ahamiyati va uning axloqan yetuk hamda taraqqiyparvar jamiyatni shakllantirishdagi muhim o‘rni tahlil qilinadi. «Sahih al-Buxoriy» va «Al-Adab al-Mufrad» asarlari asosida hurmat, sabr, kamtarlik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik va ijtimoiy mas’uliyat kabi fazilatlar inson kamoloti hamda ijtimoiy uyg‘unlikning muhim poydevori ekani ko‘rsatiladi. Tadqiqotda an’anaviy islomiy axloqiy tamoyillarni tiklash zamonaviy ijtimoiy va ma’naviy muammolarni hal etishda nafaqat ma’naviy ehtiyoj, balki amaliy yechim sifatida baholanadi. Shuningdek, maqolada Imom Buxoriyning odob-axloqqa oid qarashlarini bugungi ta’lim-tarbiya jarayoni, oilaviy munosabatlar va jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar bilan uyg‘unlashtirish imkoniyatlari yoritiladi. Insonda yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish, o‘zaro hurmat va mas’uliyat tuyg‘usini kuchaytirish hamda jamiyatda ma’naviy barqarorlikni ta’minlashda mazkur ta’limotning dolzarb ahamiyati asoslanadi. Tadqiqot natijalari Imom Buxoriy merosidagi odob tamoyillari zamonaviy jamiyatning ma’naviy-axloqiy ehtiyojlariga mos keluvchi muhim tarbiyaviy va ijtimoiy resurs ekanini ko‘rsatadi
Downloads
Submitted
Published
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 Jobir Elov (Author)

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.