IMOM ABU MANSUR MOTURIDIYN ILMIY FAOLIYATI TAHLILI

Authors

  • Botirkhon Ruziyev Deputy Representative of the Muslim Board of Uzbekistan in Jizzakh Region 19, Toshkentlik Street, Sharof Rashidov District, Jizzakh Region, 130100, Uzbekistan

DOI:

https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-M/6

Keywords:

Imom Abu Mansur Moturidiy, moturidiya ta’limoti, ilmiy meros, manbashunoslik

Abstract

Ushbu maqolada islom tafakkuri tarixida muhim o‘rin tutgan buyuk mutafakkir, moturidiya ta’limotining asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiy hayoti, ilmiy faoliyati va boy ilmiy-ma’naviy merosi manbashunoslik nuqtayi nazaridan kompleks tarzda o‘rganiladi. Unda allomaning hayoti va ilmiy faoliyatiga oid tarixiy manbalar, uning asarlari haqidagi ma’lumotlar, ularning kelib chiqishi, saqlanib qolgan nusxalari, ilmiy qiymati va ishonchlilik darajasi tahlil qilinadi. Shuningdek, Moturidiy ilmiy merosini o‘rganishda klassik manbalar va zamonaviy tadqiqotlarning o‘zaro uyg‘unligi, ularda ilgari surilgan ilmiy qarashlar hamda mavjud tadqiqot muammolariga alohida e’tibor qaratiladi. Maqolada Imom Moturidiy tomonidan asos solingan moturidiya ta’limotining shakllanishi va rivojlanishi, uning islom aqidasi ilmi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, aqliy tafakkur va naqliy dalillar o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashdagi ahamiyati yoritib beriladi. Bundan tashqari, allomaning ilmiy merosini xolisona o‘rganish, uning g‘oyalarini tarixiy-ilmiy kontekstda talqin qilish hamda moturidiya ta’limotining bugungi kundagi diniy-ma’rifiy va ijtimoiy-ma’naviy ahamiyatini ochib berish maqolaning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Tadqiqot natijalari Imom Moturidiy ilmiy merosining islom ilmlari tarixidagi o‘rnini yanada chuqurroq anglash, uning qarashlarini manbalar asosida baholash va zamonaviy diniy-ma’rifiy jarayonlardagi ahamiyatini belgilashga xizmat qiladi

Downloads

Submitted

2026-10-12

Published

2026-10-12

How to Cite

(1)
Ruziyev, B. IMOM ABU MANSUR MOTURIDIYN ILMIY FAOLIYATI TAHLILI. moturidiylik 2026, 6 (Maxsus son), 32-39. https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-M/6.

How to Cite

(1)
Ruziyev, B. IMOM ABU MANSUR MOTURIDIYN ILMIY FAOLIYATI TAHLILI. moturidiylik 2026, 6 (Maxsus son), 32-39. https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-M/6.

Similar Articles

1-10 of 101

You may also start an advanced similarity search for this article.