«KITOB AT-TAVHID» TANQIDIY NASHRLARIDA MATNIY TAFOVUTLAR VA TAHRIR TAMOYILLARI
DOI:
https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-M/19Keywords:
Imom Moturidiy, Kitob at-tavhid, Kembrij universiteti, tanqidiy nashr, tahqiq, matnshunoslik, kodikologiya, kasht, konyektura, nusxa variantiAbstract
Maqolada Abu Mansur Moturidiyning «Kitob at-tavhid» asarining uch mustaqil ilmiy- tanqidiy nashri – Fathulloh Fathulloh Xulayf (Bayrut, 1970), Bekir Topaloğlu va Muhammad Aruçi (Anqara, 2003) hamda Ahmad Sa’d Damanhuriy (Ammon, 2023) tahqiqlari qiyosiy tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor Damanhuriy nashrining metodologiyasi, avvalgi tahqiqlarga bildirgan e’tirozlari va Kembrij universiteti kutubxonasidagi 3651 raqamli yagona qo‘lyozmani o‘qishga doir yechimlariga qaratiladi. Matniy farqlar to‘rt guruhda o‘rganiladi: kotib o‘chirgan birliklarning matnga olinishi; o‘qilishi qiyin so‘zlar o‘rnida bo‘shliq qoldirish yoki konyektura qo‘llash; tas’hih va boshqa nusxa variantlarini farqlash; hoshiya sharhlarini keltirish va o‘qish. Shuningdek, Damanhuriy tahqiqining I bobiga oid 106 bandli qiyosiy jadval asosida tuzilgan miqdoriy tasnif va uning cheklovlari ko‘rib chiqiladi. Tahlil uch nashrdan o‘zaro qiyoslab foydalanish zarurligini ko‘rsatadi: keyingi tahqiq avvalgi nashrlarning barcha o‘qilishlarini bekor qilmaydi. Yakunda o‘zbek moturidiyshunosligi uchun manbalarga havola berish, faksimile nashri va nashrlararo muvofiqlik jadvalini tuzishga oid tavsiyalar beriladi
Downloads
Submitted
Published
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 Zarifjon Gulomov (Author)

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.