ALLOHNING KALOM SIFATI HAQIDAGI AQIDAVIY QARASHLAR VA ULARNING TALQINI

Authors

  • Ikhtiyor Abdurakhmonov Doctor of Philosophy in Islamic Studies Imam Maturidi International Scientific Research Center 11A, Abdulla Qodiriy Street, Tashkent, 100011, Uzbekistan

DOI:

https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-M/1

Keywords:

nafsiy kalom, lafziy kalom, ahli sunna, mo‘taziliylik, karromiylik, hanbaliylik, maxluq (yaratilgan)

Abstract

Ushbu maqolada Alloh taoloning kalom sifati va uni hozirgi davrda to‘g‘ri anglash bilan bog‘liq aqidaviy masalalar tahlil qilinadi. Unda mo‘taziliylik, karromiylik va ba’zi hanbaliylar o‘rtasida yuzaga kelgan ixtiloflar, xususan, Qur’oni karimning maxluq yoki azaliy ekanligi borasidagi bahslar atroflicha yoritiladi. Mazkur masala Abu Hanifa, Imom Moturidiy va boshqa ahli sunna ulamolarining qarashlari asosida tadqiq etilib, Alloh taoloning «nafsiy kalomi» azaliy va maxluq emasligi, uning insonlarga yetkazilgan lafziy ifodalari esa maxluq ekanligi haqidagi aqidaviy yondashuv bayon qilinadi. Shuningdek, maqolada kalom sifatiga doir turli qarashlarning shakllanish tarixi, ularning nazariy va aqidaviy asoslari hamda ahli sunna val jamoa aqidasi bilan farqli jihatlari tahlil qilinadi. Adashgan firqalar tomonidan ilgari surilgan da’volarga Qur’on, sunnat va mo‘tabar kalom ulamolarining ilmiy merosi asosida raddiyalar keltirilib, ahli sunna aqidasining daliliy va mantiqiy asoslari ochib beriladi. Tadqiqot natijasida Alloh taoloning kalom sifati masalasini ilmiy va tizimli ravishda o‘rganish, uni zamonaviy diniy- ma’rifiy muhitda to‘g‘ri talqin qilish hamda aqidaviy masalalarda turli noto‘g‘ri qarashlarning oldini olish muhim ahamiyat kasb etishi asoslanadi

Downloads

Submitted

2026-10-12

Published

2026-10-12

How to Cite

(1)
Abdurakhmonov, I. ALLOHNING KALOM SIFATI HAQIDAGI AQIDAVIY QARASHLAR VA ULARNING TALQINI. moturidiylik 2026, 6 (Maxsus son), 5-8. https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-M/1.

How to Cite

(1)
Abdurakhmonov, I. ALLOHNING KALOM SIFATI HAQIDAGI AQIDAVIY QARASHLAR VA ULARNING TALQINI. moturidiylik 2026, 6 (Maxsus son), 5-8. https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-M/1.

Similar Articles

1-10 of 77

You may also start an advanced similarity search for this article.