ZAMONAVIY TA’LIMDA MA’RIFATNING O‘RNI
DOI:
https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-M/13Keywords:
Ma’rifat, ta’lim, falsafa, fan, tanqidiylik, ommalashtirish, ta’lim falsafasi, yangi ma’rifatAbstract
U shbu maqolada «ta’lim» va «ma’rifat» tushunchalarining mazmun-mohiyati, o‘zaro bog‘liqligi hamda farqlari falsafiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Mazkur tushunchalar kundalik hayotda ko‘pincha sinonim sifatida qo‘llanilsa-da, ularning mazmuni va ijtimoiy vazifalari o‘rtasidagi tafovutlar asoslab beriladi. Ma’rifat shaxs va jamiyatning madaniy yetukligi, ma’naviy kamoloti, intellektual salohiyati hamda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi jarayon sifatida talqin qilinadi. Shuningdek, uning johillik, xurofot va soxta bilimdonlikka qarshi kurashdagi ahamiyati yoritiladi. Maqolada zamonaviy jamiyatda ma’rifatning imkoniyatlari, uni rivojlantirishdagi muammolar hamda tarixiy davrlarga xos ma’rifiy qarashlar tahlil qilinadi. XVII–XVIII asrlarda shakllangan ma’rifatparvarlik tamoyillari va bugungi davr qarashlari o‘rtasidagi umumiylik va farqlar ochib beriladi. Shuningdek, ma’rifatning tanqidiy fikrlash, ilmiy dunyoqarash va ma’naviy kamolotni rivojlantirishdagi o‘rni asoslanadi. Ma’rifatni faqat sxolastik qarashlarni inkor etish bilan cheklamasdan, keng qamrovli ijtimoiy, madaniy va falsafiy hodisa sifatida o‘rganish zarurligi ta’kidlanadi
Downloads
Submitted
Published
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 Abdullaziz Abduvakhidov (Author)

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.