BO‘LAJAK ARAB TILI O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA KASBIY VA MADANIYATLARARO KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH (OLIY TA’LIM MUASSASALARI TAJRIBASI MISOLIDA)
DOI:
https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-2/10Keywords:
arab tilini o‘qitish, bo‘lajak o‘qituvchi, kasbiy kompetensiya, madaniyatlararo kompetensiya, sotaomadaniy yondashuv, TAFL, madaniy integratsiya, arab madaniyati, nutqiy etiket, arab dialektlari, diglossiya, kommunikativ kompetensiya, pedagogik mahorat, vaziyatli o‘qitish, rolli o‘yinlarAbstract
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak arab tili o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik va madaniyatlararo kompetensiyalarini o‘zaro uyg‘unlikda shakllantirish masalasi tadqiq etilgan. Globallashuv va O‘zbekistonning arab mamlakatlari bilan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hamda diplomatik aloqalari rivojlanayotgan sharoitda arab tili o‘qituvchisidan nafaqat mustahkam lingvistik bilim, balki arab madaniyati, milliy mentaliteti, nutqiy etiketi va sotaomadaniy xususiyatlarini anglash hamda ularni ta’lim jarayoniga integratsiyalash qobiliyati talab etiladi. Tadqiqotda kasbiy kompetensiya, madaniyatlararo kommunikativ kompetensiya va arab tilini chet tili sifatida o‘qitish (TAFL) metodikasiga oid nazariy yondashuvlar tahlil qilingan. Bo‘lajak o‘qituvchilarning tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida nazariy tahlil, qiyosiy o‘rganish, so‘rovnoma, vaziyatli test, pedagogik kuzatuv va tajriba-sinov usullaridan foydalanilgan. Tadqiqotda 120 nafar talaba va 25 nafar yosh o‘qituvchi ishtirok etgan, shuningdek, 60 nafar talaba ishtirokida nazorat va tajriba guruhlari asosida olti oylik tajriba-sinov o‘tkazilgan
Downloads
Submitted
Published
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 Nodirabegim Saidova (Author)

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.