IBN KASIRNING «AL-BIDOYA VA-N-NIHOYA» ASARIDA FOYDALANGAN MANBALARI
DOI:
https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-M/18Keywords:
tarix, Qur’on, hadis, taboqot, isroiliyot, siyrat, rivoyatAbstract
Ibn Kasirning «al-Bidoya van-Nihoya» asari islom tarixshunosligida muhim o‘rin tutgan umumiy tarix janrining yirik namunalaridan biri bo‘lib, olamning yaratilishidan boshlab qiyomat alomatlarigacha bo‘lgan keng tarixiy va ilohiy jarayonlarni qamrab oladi. Asarda Qur’oni karim oyatlari va hadisi shariflar asosida arsh, kursiy, farishtalar, jinlar, insoniyat va payg‘ambarlar tarixi, shuningdek, Xulafoyi Roshidin, Umaviylar, Abbosiylar hamda muallif yashagan davr voqealari tarixiy manbalar asosida yoritilgan. Ibn Kasir tarixiy hodisalarni xronologik izchillikda bayon qilish bilan birga, ulardan ibrat olish, voqealarning sabab va oqibatlarini anglash hamda rivoyatlarni tanqidiy tahlil qilishga alohida e’tibor qaratadi. Asar mazmunan to‘rtta asosiy qismni o‘z ichiga oladi: qadimgi tarix, Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) siyrati, musulmon davlatlari tarixi va qiyomat alomatlari. Muallif o‘z tadqiqotida Qur’on, hadislar, siyrat asarlari, umumiy tarixiy manbalar, biografik adabiyotlar, shaharlar tarixiga oid asarlar hamda isroiliyot rivoyatlaridan foydalangan. Mazkur manbalardan foydalanish jarayonida rivoyatlarning mazmuni va ishonchliligini baholashga intilgan. Ushbu maqolada asarning manbaviy asoslari, tarixiy ma’lumotlarni bayon etish uslubi va islom tarixshunosligi rivojidagi ilmiy ahamiyati yoritib beriladi
Downloads
Submitted
Published
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 Khalilulloh Saidakbarov (Author)

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.