DORUL HADIS – HADIS MARKAZLARI FAOLIYATI TAHLILI
DOI:
https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-2/2Keywords:
dorul hadis, hadis, hadis ilmi, hadis tarixi, sunnat, rihla, imlo majlisi, mumliy, mustamliy, tadvin, tasnif, ixtisoslashuv, Saljuqiylar, Nuriddin Mahmud Zangiy, Fotimiylar, botiniylarAbstract
Ushbu maqolada dorul hadis – hadis markazlarining shakllanishi va faoliyatiga ta’sir ko‘rsatgan ijtimoiy, siyosiy, diniy hamda ilmiy omillar tahlil qilinadi. Dorul hadislarning vujudga kelishi hadis ilmining tarixiy taraqqiyoti, jamiyatdagi diniy-siyosiy jarayonlar va ta’lim tizimidagi ixtisoslashuv bilan uzviy bog‘liq holda yoritiladi. Xususan, Fotimiy-botiniy harakatlari va g‘oyalariga qarshi ahli sunna val jamoani himoya qilishda hadislarga ehtiyoj, davlat boshqaruvi uchun malakali kadrlar tayyorlash hamda hadislarni o‘rganishga bo‘lgan talabning ortishi dorul hadislarning tashkil etilishiga ta’sir ko‘rsatgan muhim omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, hadis ilmining rivojlanishi bilan bog‘liq jarayonlar, jumladan, hadis izlash maqsadidagi ilmiy safarlar – rihlaning susayishi, hadislarni tadvin va tasnif qilish jarayonlarining yakunlanishi, imlo majlislarida ishtirokchilar sonining ortishi hamda hadis ilmining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Maqolada Nuriddin Mahmud Zangiyning dorul hadislar faoliyatini rivojlantirishdagi o‘rniga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqot natijalari dorul hadislarning shakllanishi davrning ijtimoiy-siyosiy ehtiyojlari bilan bir qatorda, hadis ilmining ichki taraqqiyoti va ixtisoslashuv jarayonlari bilan ham bevosita bog‘liq bo‘lganini ko‘rsatadi
Downloads
Submitted
Published
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 Otabek Muhammadiyev (Author)

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.