UMAR JANDIYNING «AL-IQLID» ASARI METODOLOGIYASI

Authors

  • Samariddin Akhmedov Lecturer Tashkent Islamic Institute named after Imam Bukhari 47, 18 Dead-end Street, Zarqaynar, Tashkent, 100002, Uzbekistan

DOI:

https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-M/16

Keywords:

al-Mufassal, al-Iqlid, sharh, tahlil, tilshunos, grammatika, uslublar, qoidalar, she’riy dalillar

Abstract

Ushbu maqolada arab tili ilmlari rivojiga muhim hissa qo‘shgan o‘z davrining yirik olimlaridan biri Ahmad ibn Mahmud ibn Umar Jandiyning ilmiy merosi, xususan, Mahmud Zamaxshariyning «al-Mufassal» asariga yozgan «al-Iqlid» nomli sharhi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Unda Jandiyning arab tili grammatikasiga oid masalalarni yoritishda qo‘llagan ilmiy-metodik yondashuvi, nazariy qarashlari va dalillash usullari o‘rganiladi. Jumladan, olimning grammatik qoidalarni asoslashda Qur’oni karim oyatlari, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflari, arab tilida keng qo‘llanilgan zarbulmasallar hamda mumtoz arab she’riyatidan keltirilgan dalillardan foydalanish xususiyatlariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, mazkur dalillarning grammatik qoidalarni izohlash, til hodisalarini asoslash va nazariy xulosalarni mustahkamlashdagi o‘rni ochib beriladi. Maqolada Ahmad Jandiyning hayoti, ilmiy faoliyati, ustozlari va shogirdlari haqidagi ma’lumotlar ishonchli tarixiy va ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Bundan tashqari, olimning arab tili grammatikasi rivojidagi o‘rni, ilmiy merosining ahamiyati hamda «al-Iqlid» sharhining arab tilshunosligi tarixidagi ilmiy qiymatini aniqlashga e’tibor qaratiladi

Downloads

Submitted

2026-10-12

Published

2026-10-12

How to Cite

(1)
Akhmedov, S. UMAR JANDIYNING «AL-IQLID» ASARI METODOLOGIYASI. moturidiylik 2026, 6 (Maxsus son), 89-94. https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-M/16.

How to Cite

(1)
Akhmedov, S. UMAR JANDIYNING «AL-IQLID» ASARI METODOLOGIYASI. moturidiylik 2026, 6 (Maxsus son), 89-94. https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-M/16.

Similar Articles

1-10 of 91

You may also start an advanced similarity search for this article.