ISLOMDA FARZAND TUG‘ILISHI BILAN BOG‘LIQ SUNNAT AMALLARNING TARBIYAVIY AHAMIYATI

Authors

  • Nargiza Khalkhodjaeva Doctoral Student International Islamic Studies Academy of Uzbekistan 11A. Abdulla Qodiriy Street, Tashkent, 100011, Uzbekistan

DOI:

https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-2/5

Keywords:

bola huquqlari, islom shariati, sunnat amallar, yangi tug‘ilgan chaqaloq, azon, takbir, tahnik, ism qo‘yish, aqiqa, soch olish, sadaqa, xatna, bola tarbiyasi, ota-ona mas’uliyati, fiqh, islomiy qadriyatlar

Abstract

Ushbu maqolada islomda bola tug‘ilganidan keyin bajariladigan sunnat amallarning diniy, huquqiy, axloqiy va tarbiyaviy ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda bola huquqlarini ta’minlash masalasi zamonaviy huquqiy me’yorlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasida bola huquqlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy islohotlar hamda islomiy qadriyatlar uyg‘unligi nuqtai nazaridan yoritilgan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa azon va takbir aytish, tahnik qilish, yaxshi va mazmunli ism qo‘yish, aqiqa qilish, sochini olish va xatna qilish kabi amallarning mazmun-mohiyati ochib berilgan. Shuningdek, Ibn Qayyim Javziyaning «Tuhfat al-mavdud bi ahkom al-mavlud» asari hamda islomda ta’lim-tarbiyaga oid zamonaviy tadqiqotlar asosida mazkur amallar ilmiy tahlil qilingan. Shuningdek, turli fiqhiy mazhablarning aqiqa va xatnaga doir qarashlari qiyosiy o‘rganilgan. Azon va takbirning chaqaloq hayotidagi ma’naviy ahamiyati, tahnikning sunnat sifatidagi maqomi, ism tanlashda uning yaxshi ma’no anglatishi zarurligi, aqiqaning shukronalik va ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlashdagi o‘rni hamda soch olish va sadaqa berishning tarbiyaviy jihatlari yoritilgan. Xatna esa fitrat amallaridan biri sifatida, poklik va diniy an’ana bilan bog‘liq holda tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida bola tug‘ilishi bilan bog‘liq sunnat amallar faqat marosimiy an’analar emas, balki bolaning oiladagi maqomi, ma’naviy- axloqiy tarbiyasi, ota-onaning mas’uliyati va jamiyatdagi o‘rnini shakllantirishga xizmat qiluvchi qadriyatlar tizimi ekani asoslangan

Downloads

Submitted

2026-11-10

Published

2026-11-10

How to Cite

(1)
Khalkhodjaeva, N. ISLOMDA FARZAND TUG‘ILISHI BILAN BOG‘LIQ SUNNAT AMALLARNING TARBIYAVIY AHAMIYATI. moturidiylik 2026, 6 (2), 41-46. https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-2/5.

How to Cite

(1)
Khalkhodjaeva, N. ISLOMDA FARZAND TUG‘ILISHI BILAN BOG‘LIQ SUNNAT AMALLARNING TARBIYAVIY AHAMIYATI. moturidiylik 2026, 6 (2), 41-46. https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-2/5.

Similar Articles

11-20 of 63

You may also start an advanced similarity search for this article.