ABU HAFS NASAFIYNING «AL-QAND FI ZIKRI ULAMOI SAMARQAND» ASARI VIII–XII ASRLAR SAMARQAND ILMIY MUHITI HAQIDAGI NODIR MANBA
DOI:
https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-2/8Keywords:
Samarqand, Abu Hafs Nasafiy, al-Qand, ilmiy muhit, ilmiy maktab, hadis ilmi, muhaddis, ulamo, Movarounnahr, biografik manba. th thAbstract
Ushbu maqolada o‘rta asrlar islom ilm-fani rivojida Movarounnahr ilmiy maktablari, xususan, Samarqandning roli, mazkur ilmiy maktablarning Abbosiylar xalifaligidagi ilmiy markazlari bilan madaniy aloqalari ilmiy tahlil qilingan. Bu boradagi savollarga ilmiy asoslangan va haqqoniy javob topishda yordam beradigan manba – bu shubhasiz Abu Hafs Nasafiyning «al-Qand fi zikri ulamoi Samarqand» kitobidir. Abu Hafs Nasafiyning ushbu asari Samarqandda VIII–XII asrlarda shakllangan ilmiy maktablar tarixini o‘rganish, ularda faoliyat yuritgan olimlar haqida ma’lumot olishda tayanch manba hisoblanadi. Bugungi kunda ba’zi salafiylar Movarounnahr hududi Abbosiylar xalifaligining sharqiy chegarasi bo‘lgani sababli, bu hudud vahiy nozil qilingan hudud – Hijozdan olis ekanini, din va sunnatning asl manbaidan uzoqligini da’vo qiladi. Ular, bunday iddao orqali bu joyda sof islom ta’limoti qaror topmagan degan g‘oyani ilgari suradilar
Downloads
Submitted
Published
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 Shahzod Islamov (Author)

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.