ABBOSIYLAR DAVRI ELCHILIK MUNOSABATLARINING KONSEPTUAL QOIDALARI
DOI:
https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-M/17Keywords:
Abbosiylar, elchilik munosabatlar, konseptual qoidalar, devonlar, poytaxt, Movarounnahr, vakolatli shaxs, voliylar, iqtisodiy diplomatiya, siyosiy diplomatiyaAbstract
Umaviylar davrida davlat boshqaruvi tizimida shakllangan uchta muhim devon – «devoni insho», «devoni rasoil» va «devoni barid» – Abbosiylar davriga kelib yanada takomillashtirildi. Mazkur devonlar davlatning ichki va tashqi boshqaruv tizimida muhim o‘rin tutib, ayniqsa, xalqaro diplomatik munosabatlarning rivojlanishiga xizmat qildi. Natijada rasmiy yozishmalarni yuritish muayyan qoida va me’yorlar asosida tashkil etildi, diplomatik maktub va murojaatlarni tayyorlash san’at darajasiga ko‘tarildi. Shuningdek, elchilarning davlatlararo munosabatlardagi o‘rni va maqomi oshirilib, ularning bilim, tajriba va shaxsiy fazilatlariga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Abbosiylar davrida diplomatik munosabatlarni tizimli tashkil etish maqsadida maxsus lavozim va vazifalar joriy qilinib, jumladan, «shayx ul-amid» kabi mansablar shakllandi. Bu tashqi aloqalarni muvofiqlashtirish, elchilik missiyalarini samarali tashkil etish hamda davlat manfaatlarini xalqaro maydonda himoya qilishga xizmat qildi. Umuman olganda, devonlar tizimining takomillashuvi musulmon Sharqida diplomatiya institutining rivojlanishiga muhim turtki berib, rasmiy yozishmalar madaniyati, elchilik an’analari va diplomatik munosabatlarning muayyan tartib-qoidalari shakllanishiga zamin yaratdi
Downloads
Submitted
Published
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 Nozima Ibragimova (Author)

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.