SIROJIDDIN O‘SHIYNING «AL-FATOVO» ASARIDA MUFTIY ODOBLARI VA UNGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

Authors

  • Muzaffar Kamilov Candidate of Historical Sciences, Associate Professor International Islamic Academy of Uzbekistan 11A, Abdulla Qodiriy Street, Tashkent, 100011, Uzbekistan

DOI:

https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-2/1

Keywords:

Sirojiddin O‘shiy, «al-Fatovo as-Sirojiyya», muftiy odoblari, fatvo berish, hanafiy mazhabi, fiqh, ilmiy malaka, ilmiy halollik, tarjih, fatvo mas’uliyati, kasbiy axloq, ijtimoiy mas’uliyat, Farg‘ona fiqh maktabi, Movarounnahr fiqh merosi

Abstract

Maqolada XII asr Farg‘ona faqihi Sirojiddin Ali ibn Usmon O‘shiyning «al-Fatovo as-Sirojiyya» asarida muftiy odoblari va unga qo‘yiladigan ilmiy, axloqiy hamda kasbiy talablar tahlil qilinadi. Asarning «Kitobu adabil-muftiy vat-tanbihu ‘alal-javob» bo‘limi asosida fatvo berishning shar’iy hukmi, muftiyning ilmiy malakasi, mazhab imomlari qarashlari o‘rtasida ixtilof yuzaga kelganda fatvo uchun munosib qavlni tanlash tartibi yoritiladi. Shuningdek, savolning mohiyatini to‘liq anglash, javobni vaziyatga muvofiq tafsilotlash, dalil keltirish, bilmagan masalada javob berishdan tiyilish va xato fatvodan qaytish qoidalari o‘rganiladi. Muftiyning halimligi, vazminligi, yumshoq so‘zliligi, so‘rovchilarga teng munosabatda bo‘lishi hamda fatvoning ijtimoiy oqibatlarini hisobga olishi alohida tahlil etiladi. Tadqiqotda matniy tahlil va qiyosiy-tarixiy usullardan foydalanilib, O‘shiyning qarashlari keyingi davr hanafiy manbalaridagi yondashuvlar bilan qiyoslanadi. Natijada muallif muftiy faoliyatida fiqhiy bilim, amaliy tajriba, ilmiy halollik va axloqiy mas’uliyatni o‘zaro bog‘liq talablar sifatida belgilagani ko‘rsatiladi. Ushbu ilmiy merosning zamonaviy fatvo amaliyotini takomillashtirish, asossiz diniy hukmlarning oldini olish va diniy-ma’rifiy soha mutaxassislarini tayyorlashdagi ahamiyati ochib beriladi

Downloads

Submitted

2026-11-10

Published

2026-11-10

How to Cite

(1)
Kamilov, M. SIROJIDDIN O‘SHIYNING «AL-FATOVO» ASARIDA MUFTIY ODOBLARI VA UNGA QO‘YILADIGAN TALABLAR. moturidiylik 2026, 6 (2), 4-14. https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-2/1.

How to Cite

(1)
Kamilov, M. SIROJIDDIN O‘SHIYNING «AL-FATOVO» ASARIDA MUFTIY ODOBLARI VA UNGA QO‘YILADIGAN TALABLAR. moturidiylik 2026, 6 (2), 4-14. https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-2/1.

Similar Articles

11-20 of 94

You may also start an advanced similarity search for this article.