MUHAMMAD IBN ABDULKARIM SHAHRISTONIYNING DINIY BAG‘RIKENGLIK TAMOYILLARINI YORITISHDA XOLISLIK PRINSIPI

Authors

  • Mumin Mirzo Abdupattayev Teacher of the UNESCO Department for Religious Studies and Comparative Study of World Religions, International Islamic Academy of Uzbekistan, PhD. A.Kadiri str. 11, 100011, Tashkent

DOI:

https://doi.org/10.47980/MOTURIDIY/2023-3/6

Keywords:

Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniy, diniy bag‘rikenglik, yahudiylik, nasroniylik, “al-Milal va-n-nihal”, Nizomiya madrasasi

Abstract

Jahondagi dinlar ta‘limotlari, muqaddas manbalari va marosimlarining asl mazmun-mohiyati xalqlar orasida millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikni qaror toptirishga xizmat qiladi. Diniy bag‘rikenglik va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi g‘oyalar Sharq qiyosiy dinshunosligi asoschilari: Tohir Maqdisiy (vaf. 966), Abu Rayhon Beruniy (973–1048), Abul Maoliy Ubaydulloh (vaf. 1092), Ibn Hazm Andalusiy (994–1064), Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniy (1076–1153), Faxriddin Roziy (1150–1209), Ya‘qub ibn Abdullatif (1530–1595) kabi olimlarning asarlarida keng yoritib berilgan. Shu jihatdan, Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniyning “al-Milal va-n-nihal” (Dinlar va firqalar), “Nihoyat al-iqdom fi ilm al-kalom” (Kalom ilmida so‘nggi qadamlar) va “Mafotih al-asror va masobih al-abror” (Sirlar kaliti va yaxshilar chirog‘i) asarlari qiyosiy dinshunoslik masalalarining ilmiy yoritilgani bilan dolzarb ahamiyatga ega. Yangilanayotgan O‘zbekistonda olib borilayotgan diniy-ma‘rifiy sohadagi islohotlar natijasida 16 ta konfessiyaga mansub aholi vakillari o‘rtasidagi totuvlik, osoyishtalik ta‘minlanib, konfessiyalararo hamjihatlikni yanada rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Davlatimizda millatlararo do‘stlik, diniy konfessiyalar o‘rtasidagi hamjihatlik, ijtimoiy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash uchun bor kuch va imkoniyatlar safarbar etilmoqda. Shu e‘tibordan, mazkur maqolada Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniyning dinlar va ta‘limotlarga bo‘lgan xolis munosabati va “al-Milal va-n-nihal” asaridagi diniy bag‘rikenglik tamoyillari bahs qilinadi.

References

Sh.M.Mirziyoyev. (2017). Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat‘iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. Toshkent: O‘zbekiston.

D.Rahimjonov, F.Аkramova va boshq. (2019). Glossariy. Sof islomiy tushunchalar: mohiyat va talqin. Toshkent: Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi.

Bruce B. Lawrence. (1987). Al-Shahristani. New York: Macmillan Reference USA.

Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniy. (2001).

Al-Milal va-n-nihal. Bayrut: Dor al-ma‘rifa.

Аbul Hasan Аshʼariy. (1990). Maqolot al-islamiin va ixtilaf al-musollin. Bayrut: Maktaba al-asriya.

Г.Ньюби. (2007). Краткая энциклопедия ислама = A Concise Encyclopedia of Islam / Пер. с англ. Москва: Фаир-пресс.

Tojuddin Subkiy. (1964). Tabaqot ash-shofiiyya

al-kubro. Qohira: Dor-al-hijr, J. 4.

R.Isoqjonov. (2019). Islom falsafasi. Toshkent: Complex Print.

Downloads

Submitted

2025-03-10

Published

2025-03-12

How to Cite

(1)
Abdupattayev, M. M. MUHAMMAD IBN ABDULKARIM SHAHRISTONIYNING DINIY BAG‘RIKENGLIK TAMOYILLARINI YORITISHDA XOLISLIK PRINSIPI. moturidiylik 2025, 3 (3), 40-45. https://doi.org/10.47980/MOTURIDIY/2023-3/6.

How to Cite

(1)
Abdupattayev, M. M. MUHAMMAD IBN ABDULKARIM SHAHRISTONIYNING DINIY BAG‘RIKENGLIK TAMOYILLARINI YORITISHDA XOLISLIK PRINSIPI. moturidiylik 2025, 3 (3), 40-45. https://doi.org/10.47980/MOTURIDIY/2023-3/6.

Similar Articles

41-50 of 55

You may also start an advanced similarity search for this article.