ALIXONTO‘RA SOGʻUNIY ASARLARINING ILMIY TASNIFI VA ULARDA KO‘TARILGAN MAVZULAR TAHLILI
DOI:
https://doi.org/10.47980/MOTURIDIY/2023-4/17Keywords:
Sog‘uniy, Shifo al-ilal, Turkiston muxtoriyati, «Tarixi Muhammadiy», siyrat, tabobatAbstract
Maqolada Alixonto‘ra Sog‘uniyning ilmiy-faoliyati davomida yozgan asarlarini va ularning tasnifi haqida so‘z boradi. Sobiq sovet tuzumi XX asrning eng insonparvar, betakror, buyuk asarlarini qabul qilishga tish-tirnog‘i bilan qarshi edi. Lekin shunday bo‘lsada, Alixonto‘ra Sog‘uniy bu xayrli ishga qo‘l urib ming bir mashaqqat ila asarlarini kitobxonlar qo‘liga yetib kelishi uchun o‘z jonini fido qildi. Maqolada muallif asarlarini yozishda, boshidan qanday sinovli kunlarni o‘tkazgani, qalbidagi so‘zlari yoritilgan. Bundan tashqari, Alixonto‘ra Sog‘uniy o‘z davrining tengi yo‘q allomasi bo‘lgani, ilmning barcha sohalarida qalam yurgizib, o‘zidan so‘ng ulkan ilmiy meros qoldirgani, qolaversa, diniy-ma’rifiy sohada yozgan asarlari barcha ilm ahllari e’tiborida ekani ta’kidlanadi. Olim ilmiy-faoliyati davomida birqancha asarlar yozgan bo‘lib, bizgacha faqatgina 8 ta asari yetib kelgan. Sog‘uniyning «Shifo al-ilal» nomli risolasi tibbiyotga oid bo‘lsa, «Uyg‘onaylik, uyg‘onish vaqti keldi» risolasi hamda «Bizdan emasdirlar Vatanni sevmaganlar» she'riy to‘plamlari insonda mehr-oqibat va ona vatanga muhabbat kabi xislatlarni shakllantiradi. Olimning «Tarixi Muhammadiy» asari Muhammad (s.a.v)ning tug‘ilishlaridan tortib to islom xalifalari davrigacha bo‘lgan bosqichlarda islom dinining yoyilishi va rivojlanish voqealari aks etgan. «Turkiston qayg‘usi»da esa, olim Turkiston muxtoriyatining yaqin o‘tmishdagi qonli kechinmalarini bayon qilgan. Bundan tashqari Alixonto‘ra Sog‘uniy bir nechta she’riy to‘plamlar ham yozgan.
References
Alixonto‘ra Sog‘uniy. (1996). Shifo al-ilal // Sharq yulduzi jurnali, 6-son.
Alixonto‘ra Sog‘uniy. (2005). Bizdan emasdirlar vatanni sevmaganlar. Toshkent: Movarounnahr nashriyoti.
Alixonto‘ra Sog‘uniy. (2007). Turkiston qayg‘usi (Nashrga tayyorlovchi: Hoji Abdurashid Karimiy). Myunxen Germaniya: Jahon Uyg‘ur Kongressi nashri.
Alixonto‘ra Sog‘uniy. (2020). Turkiston qayg‘usi (nashrga tayyorlovchi: Qutlug‘xon (Ediqut) Shokirov. Toshkent: Sharq.
Alixonto‘ra Sog‘uniy. (2020). Turkiston qayg‘usi (nashrga tayyorlovchi: Qutlug‘xon (Ediqut) Shokirov. Toshkent: Sharq nashriyoti.
Alixonto‘ra Sog‘uniy. (2021). Baxtlik nedur (she’rlar to‘plami). Toshkent–Istanbul.
Alixonto‘ra Sog‘uniy. (2021). Jung‘oriyada o‘zg‘on inqilobiy voqealar. Toshkent–Istanbul.
Alixonto‘ra Sog‘uniy. (2021). Jung‘oriyada o‘zg‘on inqilobiy voqealar. – Toshkent–Istanbul.
Allen S.Whiting. (1958). Sheng Shih-ts’ai. Sinkiang: Pawn or Pivot?. – East Lansing: Michigan State University Press.
Almazbekov Sh. (2015). Benazir ustoz yoxud Alixonto‘ra Sog‘uniy tibbiy meʼrosiga bir nazar. Toshkent: Navruz nashriyoti.
Muhammed Saur, Abdulloh Avt, Kurash Tursun. (1999). Shinjon. Uch viloyat inqilobi tarixi. Millatlar matbuoti.
Rajabov Q. (2001). Bosmachilik // O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi (O‘z ME). 2-jild. Toshkent: «O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti.
Rajabov Q. (2011). Shermuhammadbek. Toshkent: Abu matbuot-konsalt.
Rajabov Q. (2021). Turkiston Muxtoriyati vazirlari hamda Milliy Majlis aʼzolari hayoti va taqdiri. Toshkent: Bodomzor Invest.
Downloads
Submitted
Published
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 Zarifjon ARSLONOV (Author)

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.