ZARAFSHON VOHASIDAGI TARIQAT MURSHIDLARI: O‘ZARO MUNOSABAT VA TAHLIL

Authors

  • Mekhrojiddin Amonov Doctor of Philosophy in History Senior Researcher of the Imam Bukhari International Scientific Research Center Khoja Ismoil town, Poyariq District, Samarkand, 141306, Uzbekistan

DOI:

https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-2/3

Keywords:

Zarafshon, naqshbandiya, yassaviya, kubroviya, ishqiya, qo‘lyozma, irshodnoma, tasavvuf, tariqat

Abstract

Maqolada Zarafshon vohasida faoliyat yuritgan naqshbandiya, yassaviya, kubroviya va ishqiya tariqatlari o‘rtasidagi munosabatlar yozma va epigrafik manbalar asosida tahlil qilinadi. Mazkur tariqatlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning vakillari o‘rtasidagi hamkorlik hamda tariqat markazlarida ma’naviy muhitning shakllanishi yoritiladi. Murshidlarning boshqa tariqat shayxlari va muridlari bilan aloqalari tariqatlararo munosabatlarning muhim tarkibiy qismi sifatida ko‘rib chiqiladi. Xususan, Dahbed, G‘azira, Sarmej, Vaxshuvor, Karmana va Samarqanddagi tasavvuf markazlari vakillari o‘rtasidagi ma’naviy bog‘liqlik hamda ustoz-shogird munosabatlariga e’tibor qaratiladi. Qosim shayx Azizon, Muhammad Imlo Buxoriy, Musoxon xoja Dahbediy, Mulla Abdurahmon G‘ijduvoniy, Musoxon Sarmejiy va Mirzo Muhammad Abul Fathning bir necha tariqat doirasidagi faoliyati yozma manbalardagi ma’lumotlar asosida ochib beriladi. Shuningdek, qabrtosh bitiklarida saqlangan ma’lumotlar asosida tariqat silsilalari va murshidlarning nasab aloqalari tadqiq etiladi. Yozma manbalar bilan epigrafik ma’lumotlarning o‘zaro aloqadorlikda o‘rganilishi shayxlarning ma’naviy vorisligi va qarindoshlik munosabatlarini farqlash hamda ularning tariqatlararo aloqalardagi o‘rnini yoritishga xizmat qiladi. Tariqatlarning tarixiy o‘zgarishlari, yangi markazlarning shakllanishi va turli tariqat vakillarining hamkorligi vohadagi tasavvuf an’analari davomiyligi bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot Zarafshon vohasidagi tariqatlarni o‘zaro aloqador ma’naviy an’analar sifatida o‘rganishning ilmiy ahamiyatini yoritadi

Downloads

Submitted

2026-11-10

Published

2026-11-10

How to Cite

(1)
Amonov, M. ZARAFSHON VOHASIDAGI TARIQAT MURSHIDLARI: O‘ZARO MUNOSABAT VA TAHLIL. moturidiylik 2026, 6 (2), 26-33. https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-2/3.

How to Cite

(1)
Amonov, M. ZARAFSHON VOHASIDAGI TARIQAT MURSHIDLARI: O‘ZARO MUNOSABAT VA TAHLIL. moturidiylik 2026, 6 (2), 26-33. https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-2/3.

Similar Articles

11-20 of 25

You may also start an advanced similarity search for this article.