TARJUMON AL-QUR’ON – QUR’ON LUG‘ATI MA’NOLARIGA OID XALQCHIL RISOLA

Authors

  • Doston Mustafoyev Doctor of History in Islamic Studies International Islamic Studies Academy of Uzbekistan 11A. Abdulla Qodiriy Street, Tashkent, 100011, Uzbekistan

DOI:

https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-2/9

Keywords:

Sayyid Sharif Jurjoniy, Tarjumon al-Qur’on, Qur’on lug‘ati, g‘arib al-Qur’on, Qur’on ma’nolari, Qur’on so‘zlari, fors tili, tafsir, Movarounnahr, Temuriylar davri, muqattaot harflar, Qur’on iboralari, lug‘aviy ma’no, xalqchil risola

Abstract

Ushbu maqolada Sayyid Sharif Jurjoniyning «Tarjumon al-Qur’on» asari Qur’oni karim so‘zlari va iboralarining fors tilidagi ma’nolarini ifodalovchi xalqchil lug‘aviy-tarjimaviy manba sifatida tadqiq etiladi. Asarning yaratilish tarixi, Qur’on lug‘ati va g‘arib al-Qur’on yo‘nalishidagi manbalar tizimidagi o‘rni, shuningdek, Movarounnahr tafsirchilik an’anasi bilan bog‘liq jihatlari yoritiladi. «Tarjumon al-Qur’on»da Qur’oni karimdagi so‘zlar, so‘z birikmalari, iboralar, atoqli nomlar hamda muqattaot harflarining sodda va tushunarli tarzda sharhlangani tahlil qilinadi. Muallifning so‘zlarni kontekstga muvofiq ma’nolantirishi, bir so‘zning turli oyatlarda turlicha ma’noda qo‘llanishini hisobga olishi hamda ilmiy istilohlarni oddiy xalq uchun tushunarli shaklda bayon etishiga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, asarning Jurjoniyning «at-Ta’rifot» va «Hoshiya ala al-Kashshof» kabi asarlaridan maqsad va auditoriya jihatidan farqli ekani ko‘rsatiladi. Tadqiqot natijasida «Tarjumon al-Qur’on»ni g‘arib al-Qur’on bilan bir qatorda «Qur’on ma’nolari» sohasiga oid muhim manbalardan biri sifatida baholash mumkinligi asoslanadi. Asarning fors tilida yaratilgani uni Temuriylar davrida forsiyzabon aholi uchun Qur’on ma’nolarini anglashda muhim vosita bo‘lganini ko‘rsatadi

Downloads

Submitted

2026-11-10

Published

2026-11-10

How to Cite

(1)
Mustafoyev, D. TARJUMON AL-QUR’ON – QUR’ON LUG‘ATI MA’NOLARIGA OID XALQCHIL RISOLA. moturidiylik 2026, 6 (2), 80-85. https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-2/9.

How to Cite

(1)
Mustafoyev, D. TARJUMON AL-QUR’ON – QUR’ON LUG‘ATI MA’NOLARIGA OID XALQCHIL RISOLA. moturidiylik 2026, 6 (2), 80-85. https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-2/9.

Similar Articles

11-20 of 131

You may also start an advanced similarity search for this article.