RADIKAL G‘OYALARNING YOSHLAR ONGIGA KIRIB BORISH YO‘LLARI («SOXTA SALAFIYLIK» MISOLIDA)
DOI:
https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-M/3Keywords:
« soxta salafiylik», axborot makoni, shaxsiy identitet, yoshlar ongiAbstract
Mazkur maqolada «soxta salafiylik» g‘oyalarining yoshlar ongiga ta’siri va unga zamin yaratuvchi ijtimoiy-psixologik omillar – savodsizlik, psixologik ojizlik va virtual targ‘ibot tahlil qilinadi. Tadqiqotda destruktiv mafkuralarga qarshi yoshlarda tanqidiy fikrlash va mafkuraviy immunitetni shakllantirish hamda profilaktik mexanizmlarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar asoslangan. Maqola milliy xavfsizlikni ta’minlash va yoshlar tarbiyasi sohasidagi mutaxassislar uchun muhim metodologik manbadir. Shuningdek, tadqiqotda axborot makonida yoshlarning mediasavodxonligini oshirish, an’anaviy ma’rifiy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish hamda oila va ta’lim muassasalari hamkorligini kuchaytirish masalalari yoritiladi. Ishda ilgari surilgan xulosalar jamiyatda ma’naviy barqarorlikni mustahkamlash, yoshlarni radikal g‘oyalar ta’siridan himoya qilish va manzilli profilaktika tizimini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi
Downloads
Submitted
Published
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 Yahyobek Hayitaliyev (Author)

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.