MOTURIDIYLIKDA TAKVIN SIFATI: MA’NOSI VA ZOTIY SIFAT BILAN ALOQASI
DOI:
https://doi.org/10.65944/MOTURIDIY/2026-M/4Keywords:
olim, ilm, qodir, qudrat, mutakallim, kalom, xoliq, taxliq, foil, fe’l, maf’ul, maxluq, muhdas, kufrAbstract
Ushbu maqolada moturidiylik ta’limotidagi takvin sifatiga oid ta’limot va uning zotiy sifatlar bilan bog‘liq masalalari atroflicha tahlil qilingan. Muallif moturidiy olimlar va boshqa mutakallimlarning takvin masalasiga qarashlarini yoritar ekan, mazkur qarashlar o‘rtasidagi xilma-xillik Allohning sifatlari, fe’llari hamda ularning inson fe’llari bilan bog‘liqligidagi nazariy asoslarga borib taqalishini ko‘rsatadi. Moturidiy olimlar takvinni Allohning qadimiy va azaliy sifatlaridan biri deb bilib, uni qudrat, iroda va ilm kabi zotiy sifatlar qatoriga kiritganlar. Ularning fikriga ko‘ra, takvinning turlicha fe’llar bilan namoyon bo‘lishi, ya’ni yaratish, rizq berish, tiriltirish, o‘ldirish kabi amallar uning ta’siridan kelib chiqadi. Ammo bu turli fe’llar zotda farqni anglatmaydi, balki ta’sirdagi xilma-xillikni ifoda etadi. Ushbu mavzuda Abul Muin Nasafiy, Abu Mansur Moturidiy kabi allomalarning fikrlari asosida «takvin»ning ma’nosi va mazmuni ilohiy zot bilan aloqador holda asoslantirilgan
Downloads
Submitted
Published
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 Abdullatif Alloqulov (Author)

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.