Jaloliddin Rumiy irfonida ishq va ayol o‘rni
DOI:
https://doi.org/10.47980/MOTURIDIY/2024-4/3Keywords:
Mavlaviy, Masnaviy Ma’naviy, she’rlar, asarlar, tasavvuf, adabiyot, forscha, tadqiqot, ayolAbstract
XI-XIII asrlarda fors adabiyotida tasavvuf mavzusi markaziy o‘rinni egallagan bo‘lib, bu yo‘nalishning eng mashhur vakili Mavlono Jaloliddin Rumiy (1207–1273) va uning «Masnaviy ma’naviy» asari hisoblanadi. Asar asrlar davomida ilm ahli orasida mashhur bo‘lib kelgan va hozirga qadar ahamiyatini yo‘qotmagan. Mazkur maqolada «Masnaviy»ning ilmiy va tasavvufiy xususiyatlari, shuningdek, Rumiy ijodining o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinadi.
Nikolson, Furuzonfar, Zarinkub kabi mashhur olimlarning bu asar ustida olib borgan tadqiqotlari keltirilib, Rumiy ijodining falsafiy, diniy, va tasavvufiy qarashlariga oid tahliliy ishlari o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda Rumiy asarlari va uning ta’siriga oid tadqiqotlar hamda tarjima ishlari Najmiddin Komilov, Asqar Mahkam, Ahmadqo‘l Quronbekov va boshqa sharqshunos olimlar tomonidan amalga oshirilgani ta’kidlanadi. Rumiy ijodida erkak va ayol tushunchasining ruhiy jihatdan tengligi va sevgi orqali birlikka erishish masalalari keng yoritilgan.
Maqolada «Masnaviy»ning ayol mavzusiga bo‘lgan yondashuvi, inson ruhi va uning xudoga yaqinlashish jarayonidagi roli, shuningdek, sevgi va birlik haqidagi tasavvufiy qarashlar chuqur tahlil qilinadi. Rumiy dunyoviy sevgini ilohiy muhabbatning boshlang‘ich nuqtasi sifatida talqin etib, inson hayotining ma’no va mohiyatini sevgida ko‘rgan. Natijada, Rumiy asarlari inson ma’naviyatining rivoji va hayotning mazmunini anglashda alohida o‘rin egallaydi.
References
Nicholson R.A. (1925-1937). The Mathnawi of Jalaluddin Rumi, ed. trad. and commentaries, 8 vol. London.
Zarinkub, A. (1368). Bahr dar kuza. Tehron: Ilmiy.
Zarinkub, A. (1368). Sar ney (Jildlar 1 va 2). Tehron: Ilmiy.
Humoyiy, J. (1384). Tafsiri Masnaviyi Ma'naviy: Doston Qal'ayi Zat as-Sur yoki Dez Hushraboyo. Tehron: Tehron Universiteti.
Xudoyor, I. (1387). Duо dar Masnaviy. Tehron: Ilm Nashriyoti.Қуронбеков А.
«Маснавийи маънавий»да тасаввуф тимсоллари. Тошкент: ТДШИ, 2011; ўша муаллиф: Мавлоно Жалолиддин Румийнинг авлодларга мангу маънавий мероси // Жалолиддин Румийнинг мангу маънавий мероси. Илмий мақолалар тўплами. Тошкент: ТДШИ, 2007.
Mavlono Jaloliddin Muhammad Balxiy Rumiy. 1384). Masnaviyi Ma'naviy, 2/277.
Xorazmiy, K. H. ibn H. (1384). Jawohir al-asror va Zavohir al-anvor (4 jildda, Muhammad Jovod Shariat tomonidan tahrirlangan). Tehron: Asotir.
Charkhiy, M. Y., & Jomiy, M. (1336). Risolayi Noyiyaa va Risolayi Ney (Xalilulloh Xaliliy tomonidan muqaddima, izoh va sharh bilan). Qobul.
Ayub, X. (1377). Asror al-ghuyub: Sharhi Masnaviyi Ma'naviy. Tehron: Asotir.
Muhammad ibn Muhammad, Bahr al-Ulum, (1383). Tafsiri Irfoniy Masnaviyi Ma'naviy. Tehron: Eron Yoron.
Sabzavariy, M. H. (1374). Sharhi Masnaviy. Tehron: Madaniyat va Islomiy Irshod Vazirligi.
Комилов Н. (2007). «Маснавий» ҳикоятларининг таржима ва талқини // Жалолиддин Румийнинг мангу маънавий мероси. Илмий мақолалар тўплами. Масъул муҳаррир Қуронбеков А. Тошкент: ТДШИ.
Mavlono Jaloliddin Muhammad Balxiy Rumiy. Kulliyot Shams (4-jild). Tehron, 293–294.
Радий Фиш. (2005). Жалолиддин Румий. Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт матбаа ижодий уйи.
Муҳаммад Истеъломий. (2001). Илоҳий ишқ куйчиси. «Маснавий»га муқаддима. (Мавлоно Жалолиддин Муҳаммад Балхий). Форс тилидан Жаъфар Муҳаммад таржимаси. Теҳрон.
Asqar Mahkam. (1999). Jaloloddin Rumiy «Ma`naviy masnaviy». Toshkent. Sharq nashri.
Downloads
Submitted
Published
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 Nargiza Shoaliyeva (Author)

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.